Maqola

289 26/11/2025

Shu kunlarda Migrant.uz tahririyati vakillari Shvetsiyaning Lund shahrida tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga kirishdi.

Yevropa komissiyasining Horizon Europe Marie Curie Actions – Staff Exchange Programme dasturi doirasidagi “MARS: G‘arbiy bo‘lmagan migratsiya tizimlari global nuqtai nazardan” loyihasi Janubdan-Janubga yo‘naltirilgan zamonaviy migratsiya jarayonlarini o‘rganishni maqsad qilgan.

Loyiha koordinatori dunyoning TOP-100 ta oliy ta’lim muassasalaridan biri Lund universiteti, loyiha rahbari universitet professori Rustamjon O‘rinboyev.

Joriy yilning 25-noyabr kuni Lund universitetida o‘tkazilgan uchrashuvda loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar va rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir doirasida huquqshunos Botirjon Shermuhammad Migrant.uz axborot portali taqdimotini o‘tkazdi va hamkorlar, tadqiqotchi olimlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Sayt jamoasi loyiha doirasida Yevropa mamlakatlarida turli sohalarida ishlayotgan, yashayotgan va ta’lim olayotgan o‘zbekistonliklar haqida turkum materiallar, videokontent va maqolalar tayyorlaydi.

Shuningdek, Yevropadagi vatandoshlar hayotini yoritishga ixtisoslashgan «Vatandosh YEVROPA» axborot kanali ochilgani e’lon qilindi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya