Maqola

221 25/09/2024

Smolensk viloyatida bir guruh migrantlar va ularning ish beruvchisi o‘rtasida kelishmovchilik yuz berdi. Zagorniy qishlog‘ida yashovchi 26 yoshli fuqaro qurilish ishlarini olib borish uchun to‘rt nafar muhojirni yollagan, biroq tomonlar o‘rtasida to‘lov borasida nizo kelib chiqqan.

O‘zlariga taklif qilingan summadan norozi bo‘lgan ishchilar ish beruvchi bilan nizoga kirishgan. To‘qnashuv vaqtida ular jismoniy kuch ishlatishgan – uni metall quvur bilan urib, 600 ming rubl pulini olib, so‘ng avtomashinada voqea joyidan ketib qolishgan.

Politsiya Kaluga viloyatida gumondorlarni qo‘lga oldi. Ularning barchasi Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarolari bo‘lib chiqdi, ularning uch nafari Rossiyada noqonuniy bo‘lgan, to‘rtinchisi esa yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan, lekin Smolensk viloyatida ishlash uchun patentga ega bo‘lmagan.

Migratsiya qonunchiligini buzgan xorijliklarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, talonchilik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ularga yetti yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Muhojirlikdagi hamyurtlarimizga esa barcha nizolarni qonuniy yo‘l bilan yechishga harakat qilishlarini so‘raymiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya