Maqola

1 237 04/12/2025

3-dekabr kuni Moskva meri Sergey Sobyanin «migrantlarning ko‘payib ketgani» va ularning «past malakali» ekanligi haqidagi shikoyatlarga javob berar ekan poytaxtda muhojir ishchilar soni 2018-yildan beri oshmaganini ta’kidlagan.

Sobyanin migrantlarni tanqid qilganlarga keskin javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar kelishiga qarshi bo‘lgan «mutaxassislar» hovliga chiqib, supurgini qo‘llariga olishlari mumkin. Merning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar bo‘lmaganda bunday ishlarni kim qilishi dargumon.

Sobyanin shuningdek, Ichki ishlar vazirligi statistikasi migrantlar orasida jinoyatlar kamayganini ko‘rsatganini aytadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, talonchilik 7,5 baravar, qotillik ikki baravar hamda og‘ir jinoyatlar soni kamaygan, jinoyatlarni ochish darajasi esa, aksincha, oshgan.

Sobyanin Moskva kengayganini va aholisi o‘sganini, ammo xavfli jinoyatlar hali ham kamayganini ta’kidladi.

Biroq, u bu «hamma narsa ajoyib» degani emasligini qo‘shimcha qildi. Moskva turli mamlakatlardan kelgan ko‘p sonli odamlarni qabul qiladi va bu qat’iy tartiblar va kuchaytirilgan nazoratni talab qiladi.

Shuningdek, shahar hokimi poytaxt migratsiya oqimlarini nazorat qilish uchun keng ko‘lamli tajriba o‘tkazilayotganini aytdi.

 

Pul yuborish uchun yangi servis

Navigatsiya