413 28/02/2024

Rossiyaning sug‘urtalash agentligiga murojaat qilgan Migrant.uz muxbiri Contact tizimi orqali yuborilganidan keyin olinmay qolgan pullar qanday qaytarilishi tartibini o‘rganib chiqdi.

Demak, pullaringizni qaytarish uchun mana bu formadagi arizani to‘ldirishingiz kerak.

  1. Arizada FISH, INN raqamingiz, tug‘ilgan yilingiz, telefon, elektron pochta, pasport ma’lumotlaringizga qo‘shib pul yubormangiz raqamini, summasini va o‘tkazmangizni qaytarish uchun bank kartangiz ma’lumotlarini ham kiritasiz.
  2. Arizada SNILS so‘ralgan, agar SNILSingiz yo‘q bo‘lsa, shunchaki bo‘sh qoldirasiz. Rezidentlik so‘ralgan joyga Rossiya deysiz. Chunki pulni Rossiyadan turib yuborgansiz va INN raqami so‘ralgan joyga ham  Rossiyada olingan INN raqamni kiritgansiz.
  3. Pochtadan javob yuborilishi uchun so‘ralgan joyda registratsiya manzilingiz emas, haqiqiy yashab turgan manzilingizni ko‘rsating. Chunki xat kelsa olishingiz kerak. O‘zingiz yashamayotgan manzilni bersangiz xat kelganini bilmay, javob ham berolmay qolishingiz mumkin.
  4. Hozir O‘zbekistonda bo‘lsangiz kimgadur “doverennost” bering. O‘sha odam nomingizdan to‘ldirib, topshiradi.

Arizani to‘ldirgach, pasport va yuborma chekining nusxasini qilishingiz kerak. Nusxalarni chiqargach, ostiga “копия верна” deb yozib, yoniga familiyangizni to‘liq, ism-sharifingizni esa faqat bosh harflarini yozib imzo qo‘yasiz.

Endi ariza va nusxalarni shaxsan o‘zingiz pasportingiz bilan (Москва, мкр. Чертаново Северное, д. 1А, корп. 1 в часы работы) Qiwi bank manziliga yetkazishingiz kerak. Ular dushanbadan jumaga qadar 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.

O‘zingiz olib borolmasangiz, masalan Moskvada emas, Rossiyaning boshqa shahrida bo‘lsangiz “Pochta Rossii” orqali mana bu manzilga yuborasiz:

  • 127994, г. Москва, ГСП-4, ГК АСВ, временная администрация КИВИ Банк (АО) или 117648, г. Москва, мкр. Чертаново Северное, д. 1А, корп. 1.

Pochta orqali yuborayotganda “s uvedomleniyem o vruchenii i opisyu”degan xizmatni tanlang. Opis varog‘iga “Требование и rопия паспорта, копия чека денежного отпавления” deb yozasiz.

Xat pochtadan yetib borganida sizga SMS keladi.

Xatingiz yetkazilgan kundan boshlab 3 kundan 30 kungacha bo‘lgan muddatda pulingiz qaytariladi. Agar pullarni qaytarish uchun biror ma’lumot yetmayotgan bo‘lsa arizada ko‘rsatilgan manzilga yoki elektron pochtangizga yetmayotgan ma’lumotlarni so‘rab javob yozishadi. E’tiborli bo‘ling.

Agar ariza yozishga hozir vaqtingiz yoki sharoitingiz yo‘q bo‘lsa 6-martdan keyin “Qiwi” bank mijozlari qolib ketgan pullarni qaytara oladigan o‘rtakash banklar ro‘yxati e’lon qilinadi. Shunda e’lon qilingan banklarning birortasiga murojaat qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Bu haqida yana alohida ma’lumot beriladi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация