345 13/06/2026

Yekaterinburgda soxta nikohlarni rasmiylashtirish boʻyicha noqonuniy biznes tashkil qilgan «Xan» laqabli tojikistonlik 59 yoshli Hannon M.ning ishi sudga oshirildi.

Uning aybi – rossiyalik «kelin» izlab, ularni oʻz yurtdoshlariga turmushga bergan. Bu chet elliklarga Rossiya fuqaroligini tezroq olishga yordam berib, «kelin»lar ham yaxshigina pul ishlab olgan. Qizigʻi shundaki, «Xan» ilgari ham ikki marta sudlangan.

1966-yilda tugʻilgan Hannonning oʻzi oilasiz, hozirda ajrashgan, uning ikki nafar farzandi bor. Tovlamachilik qilgan Hannon birinchi marta 2008-yilda birinchi marta sud oldida javob bergan. 2015-yilda shartli ravishda muddatidan oldin ozodlikka chiqqach, Staraya Sortirovkada hujjatlar bilan yordam beradigan odam sifatida tanildi. Uning xizmatlari uchun oʻrtacha narx 30 ming rublni tashkil etgan. Tanishlarining soʻzlariga koʻra, Xanning oʻnga yaqin ma’shuqasi boʻlib, ulardan «kelin» izlash sxemalarida foydalangan. Uning asosiy yordamchisi fuqarolik nikohidagi xotini Veronika boʻlgan.

2023-yilda politsiya «Xan» va uning «Vidjay» laqabli oʻgʻli Ahmadshohni hibsga oldi. Oʻgʻli poyezdda Kurganga qochishga uringan, biroq qoʻlga tushgan. Soʻroq paytida Xan banklardan olingan katta qarzlari tufayli «sovchilik» uchun oʻziga 15 dan 20 ming rublgacha olganiga iqror boʻldi. 2025-yilda ota va oʻgʻilga qarshi ikkita jinoiy ish Kirov tuman sudiga kelib tushdi. Yakunda “Xan” 5 yil qattiq tartibli koloniya jazosini olgan boʻlsa, “Vidjay” esa 3 yil ozodlikdan mahrum etildi.

“Xan” Kamensk-Uralskiy shahridagi 47-sonli axloq tuzatish koloniyasiga ekanida tergovchilar yana bir, uchinchi jinoiy ishni tayyorladi. Kamensk-Uralskdan uni yana Yekaterinburga olib kelishdi. Endi “Xan” Tojikistonda tugʻilgan yetti nafar shaxsga Rossiya fuqaroligini noqonuniy ravishda olishga yordam berganlikda ayblanmoqda. Ushbu xizmat uchun u muhojirlardan 40 dan 130 ming rublgacha boʻlgan miqdorda pul olgan. Pul uchun soxta nikohga rozi boʻlgan mahalliy qizlarga “Xan” pasportdagi muhr uchun 15 dan 20 ming rublgacha toʻlagan. Nikoh qayd etilganidan bir necha oy oʻtgach, bunday juftliklar ajrashishgan. Ba’zi qizlar “Xan”ga bir necha bor «yordam» bergan. Masalan, yekaterinburglik bir ayolning oʻzi kamida ikki marta «erga tekkan», keyin esa bu biznesga oʻz qizini olib keldi.

Sud majlisida «Xan» oʻz aybini faqat qisman tan oldi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya