392 15/08/2026

Leningrad oblastining Lomonosov rayonida noqonuniy migratsiyani tashkil etgani uchun ikki nafar doʻst qoʻlga olindi. Ulardan biri — 33 yoshli rossiyalik, ikkinchisi esa — 32 yoshli muhojir. Ular birgalikda migratsiya hisobiga turish va Rossiyada vaqtincha boʻlish muddatlarini uzaytirish uchun soxta hujjatlarga pul toʻlashga tayyor boʻlgan muhojirlarni topishgan.

Shuningdek, erkaklar chet el fuqarolarini soxta hisobga qoʻyish uchun manzillari boʻyicha turar joy qidirishgan. Bunday xizmat bir kishiga 14 ming rublga tushgan. Ikkita manzil boʻyicha ular kamida 39 nafar chet el fuqarosini roʻyxatdan oʻtkazishgan. Ushbu sxema orqali sheriklar 500 ming rubldan ortiq pul ishlab topishga muvaffaq boʻlishgan.

Gumonlanuvchilar 13-avgust kuni oʻz xonadonlarida qoʻlga olindi. Ularga RF Jinoyat kodeksining 322.1 moddasi 2 qismi «a» bandi (Noqonuniy migratsiyani tashkil etish) boʻyicha ayblov qoʻyildi. Bu modda boʻyicha ularga 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tahdid solmoqda. Hozirda 32 yoshli erkak vaqtinchalik saqlash hibsxonasida saqlanayotgan boʻlsa, uning 33 yoshli sherigi esa tilxat asosida qoʻyib yuborilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari bu kabi noqonuniy legallashtirish holatlarini muntazam ravishda aniqlab kelmoqda. Masalan, Sankt-Peterburgda bogʻcha tarbiyachisi 50 ming rubl evaziga migrant bilan soxta nikohdan oʻtishga rozi boʻlgan. Boshqa bir holatda sud uyushgan jinoiy guruh a’zolariga chet el fuqarolariga nikoh orqali legallashishda yordam berganliklari uchun hukm chiqardi. Ikki sudlanuvchi umumiy tartibli koloniyada 3 yil, shuningdek 2 yil va 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ularga shuningdek 150 ming rubl miqdorida jarima ham tayinlandi. Guruhning yana toʻrt nafar a’zosi 50 ming va 100 ming rubl jarima bilan shartli jazo oldi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya