Maqola

261 24/01/2025

2025-yil 25-yanvardan boshlab, soxta nikohlar va Rossiya fuqaroligi bo‘lgan bolalarga soxta ota-onalik rasmiylashtirilishiga qarshi qonun kuchga kiradi.

25-yanvardan boshlab xorijiy fuqarolar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan rasmiy nikohdan o‘tganiga uch va undan ko‘p yil bo‘lgan yoki ushbu nikohda umumiy farzand tug‘ilgan bo‘lsagina “РВП” olishlari mumkin bo‘ladi.

Agar farzand Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan nikohda tug‘ilgan (yoki farzandlikka olingan) bo‘lsa, xorijiy fuqarolar soddalashtirilgan tartibda doimiy yashash ruxsatnomasi – “ВНЖ”ni olishlari mumkin bo‘ladi.

Agar ota-ona o‘rtasida nikoh ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa, ularning mamlakatda kamida uch yil birga yashaganliklari va umumiy ro‘zg‘orlari borligi sud tomonidan tasdiqlanishi va farzandni parvarish qilishda xorijlik ota-ota faol ishtirok etayotganini tasdiqlovchi hujjat olinishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, sud tomonidan Rossiya fuqarosi bilan tuzilgan nikoh soxta deb topilsa, ushbu nikoh asosida avval olingan, shu jumladan, 2025 yil 25-yanvargacha berilgan barcha huquqiy maqomlar, masalan, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi – “РВП”, doimiy yashash ruxsatnomasi – «ВНЖ» bekor qilinadi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya