127 29/02/2024

Rossiya fuqarosidan farzand ko‘rgan xorijliklar VNJ olishi mumkinligidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Rossiyaning Ussuriysk shahridagi O‘zbekiston fuqarosi ham VNJ olish uchun 31 yoshli rossiyalik ayolning bolasini otaliqqa olishga kelishadi. Soxta otalik uchun 100 ming rubl to‘lashga kelishadi. Biroq, Primorsk o‘lkasi Migratsiya bo‘limi bu fiktiv otaliqni fosh etdi.

Surishtiruv natijasida politsiya xodimlari voqea tafsilotlarini aniqlab, soxta otaliqqa rozi bo‘lgan ayolga va uni bu ishga ko‘ndirgan dugonasiga noqonuniy migratsiya tashkil etganligi uchun jinoiy ish ochgan. O‘zbekiston fuqarosining esa VNJ hujjati bekor qilinishi masalasi hal qilinmoqda.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация