Chelyabinsklik sportchi qizlarga kalta short kiygani uchun tanbeh bergan migrant Rossiyadan deportatsiya qilinadi.
Atigi bir oy oldin Rossiyaga ishga kelgan 24 yoshli Islomiddin bu mamlakatda bo‘lish rejimini buzgani uchun 7 ming rubl miqdorida jarimaga ham tortilgan.
Avtomashinani haydab ketayotgan Islomiddinning ko‘zi short kiyvolib velosiped haydab ketayotgan ikki qizga tushdi. Ularning yo‘lini to‘sib ularning bu kiyimi madaniyatsizlik ekanini tushuntirishga uringan. Unga Russkaya Ronda nomi bilan tanilgan 33 yoshli UFC jangchisi Irina Alekseyevaning kalta short kiygani yoqmagan. Qizlarning iddaosicha, yigit odobga chaqirish asnosida behayo so‘zlardan ham foydalangan.
Islomiddin politsiya bo‘limida ikkala qizdan uzr so‘ragan. Biroq jabrdiydalar uning tavbalari samimiyligiga ishonishmadi. Ularning iltimosiga ko‘ra, muhojir mamlakatdan chiqarib yuboriladi.