
Janjal tashkilotchisi deb topilgan migrantlar 3 yilu 8 oyga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qilindi.
2023-yil 1-iyun kuni “Laxta sentr” qurilish maydonchasida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlar – ikki ishchi boshqa quruvchilar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Ular qurilish ob’yektini tark etayotganda mushtashuv boshlangan.
Mushtlashuvda kaskalar, metall quvurlar, armatura, tayoqlar, toshlar va boshqa narsalarni ishlatilgan. Natijada bir necha kishi jarohatlangan.
Sud ikki muhojirni aybdor deb topib, ularni 3 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Boshqa ishtirokchilarning ishlari alohida ko‘riladi.
Ommaviy mushtlashuv darhol ma’lum bo‘ldi, chunki internetda kombinezon va oddiy kiyimdagi o‘nlab odamlarning mushtlashgan videolari paydo bo‘ldi.
Mushtlashuvlardan so‘ng politsiya qurilish maydonchasida ommaviy reydlar boshladi. 100 ga yaqin xorijlik hibsga olingan. Ularning yarmidan ko‘pi ishlash ruxsatnomasidan mahrum bo‘ldi, 13 nafari deportatsiya kutilgunga qadar maxsus markazga yuborildi. Mushtlashuvda 23 va 28 yoshli uch muhojir faol ishtirok etgan.