Maqola

589 18/01/2025

Juma namozidan keyin qurolli va niqobli xavfsizlik kuchlari Surgutdagi masjidlardan birini o‘rab olgan. Shahar politsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu, birinchi navbatda, migratsiya nazorati sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan rejadagi “profilaktika chorasi”.

Ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan videolarga qaraganda, xavfsizlik kuchlari musulmonlarni masjid chiqishida kutib olib, hujjatlarini tekshirgan. Guvohlardan biri nima bo’layotganini kinoya bilan izohlaydi: «Hech bo’lmaganda namozni tugatishga ruxsat berishdi».

Ichki ishlar vazirligining Xanti-Mansi muxtor okrugi bo‘yicha bosh boshqarmasi reydni tasdiqlab, migratsiya qonunchiligiga rioya qilgan holda o‘tkazilayotganini ta’kidlagan.

Xuddi shunday tekshiruvlar Surgutdagi tibbiyot muassasalarida ham, xorijliklar to‘planadigan joylarda ham o‘tkazilgan.

Masjidga uyushtirilgan reydlar turli xil reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Ba’zi mahalliy aholi va huquq himoyachilari buni dindorlar o’rtasida keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan haddan tashqari chora deb bilishadi. Biroq huquq-tartibot idoralari bunday choralar jamoat tartibini saqlash uchun zarurligini iddao qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bu diniy muassasalar hududida bo‘lib o‘tgan reydlar ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy ommaviy axborot vositalarida faol muhokamalarga sabab bo‘lgan birinchi holat emas.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya