1 199 29/07/2025

Xavfsizlik kuchlari Surgut bozori va shahar qabristonida huquqbuzarlik qilgan migrantlarni qidirdi. Tonnalab oziq-ovqat mahsulotlari musodara qilinib, o‘nlab fuqarolar Ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi.

Politsiya veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati vakillari bilan birgalikda shahardagi eng yirik savdo majmualaridan birida sabzavot va mevalar sotiladigan nuqtalarini tekshirdi. Peshtaxtalardan hujjatsiz, yorlig‘i yo‘q, qalbakilik belgilari bor deb topilgan 55 tonnadan ortiq tovar savdogarlardan tortib olinib, musodara qilingan. Hozirda mazkur hodisa yuzasidan ekspertiza tayinlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, shahar aholisining shikoyatlaridan keyin xavfsizlik kuchlari shahar qabristoniga ham reyd uyuhstirdi. Mahalliy aholi qabriston obodonligi uchun mehnat qilayotgan muhojirlarni tekshirishni so’ragan. Maʼlumotlar bazasidan tekshirish uchun 70 ga yaqin xorijlik migratsiya boʻlimiga olib ketilgan. Ularga xizmatlarning qonuniyligi yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Reyd davomida 300 ga yaqin migrant migratsiya bo‘limiga olib ketilgan.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya