Markaziy Osiyo davlatlari Yevropa davlatlaridan farqli o‘laroq, Suriya shimoli-sharqidagi lagerlardan o‘z fuqarolarini vataniga qaytarish bo‘yicha katta ishlar qilmoqda. Bu haqda radikallashuvga qarshi global hamjamiyatlar birdamligi jamg‘armasi (GCERF) rahbari Xolid Kosser RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari 2200 ga yaqin o‘z fuqarolarini qaytarib olib kelgan: Qozog‘iston – 754, Qirg‘iziston – 533, Tojikiston – 381 va O‘zbekiston – 531.
Kosser, Yevropa davlatlari lagerlarda qolgan o‘z fuqarolari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagani, ularni amalda tashlab qo‘yganini aytadi.
Suriyada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon O‘zbekiston mojaro zonasida qolgan o‘z fuqarolari, jumladan, ayollar va bolalarni vataniga qaytarish bo‘yicha bir qancha amaliyotlar o‘tkazdi. Mavjud manbalarga ko‘ra:
“Mehr” operatsiyasi: 2019 yildan 2021 yilgacha O‘zbekiston Suriya, Iroq va Afg‘onistondan 530 dan ortiq odamni, jumladan ayollar va bolalarni vataniga qaytardi.
Ushbu amaliyotlar insonparvarlik yordami va qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarni reabilitatsiya qilish doirasida amalga oshirildi.
Shuningdek,
2019 yil may oyida – 156 nafar fuqaro.
2021 yil aprel oyida – 100 ga yaqin kishi (shu jumladan 24 ayol va 68 bola).
2019 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan beshta operatsiyada jami 438 nafar ayol va bola vataniga qaytarildi.