211 13/05/2024

Sankt-Peterburgda daryoga qulagan avtobus haydovchisi 9 iyulgacha ikki oyga hibsga olingan. Unga “Ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati qoidalarini buzish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Uni himoya qilayotgan ikki advokat haydovchining yashirinish niyati yo‘qligi va butun oilasi Sankt-Peterburgda yashashini ko‘rsatib, hibsga olmaslikni so‘rashgan. U, shuningdek, fojiadan ancha oldin tormoz bilan bog‘liq muammoni payqaganini, ammo ishlashni davom ettirishga majbur bo‘lganini aytgan. Avtobus boshqaruvni yo‘qotib, bordyurga, keyin esa suvga tushib ketgan. Haydovchi singan derazasidan chiqib, bir kishini qutqarib qolgan.

Moyka daryosiga qulagan avtobus haydovchisiga nisbatan yangi jinoiy ish ochildi – xorijliklarni soxta ro‘yxatga olish bo‘yicha.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Rahmatshoh Qurbonov 2024-yil fevral-mart oylarida o‘z xonadoniga kamida 10 nafar xorijlikni ro‘yxatga qo‘ygan. Shu sababli, unga mazkur ish bo‘yicha ham jinoiy ish ochilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya