Maqola

152 13/11/2024

Sverdlovsk viloyati bolalar ombudsmeni Igor Morokov hali rus tilini bilmaydigan muhojirlarning farzandlarini nogiron bolalar kabi alohida ta’limga muhtoj bolalar toifasiga tenglashtirishni taklif qildi. Morokovning so‘zlariga ko‘ra, Ta’lim vazirligining iyul oyida e’lon qilingan tavsiyalariga asosan migrant bolalar uchun maxsus ta’lim sharoitlarini tashkil etish imkonini beradi.

Bunday o‘quvchilarni o‘quv jarayonida moslashish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash uchun ko‘pi bilan uch kishidan iborat kichik guruhlarni yaratish foydali deb hisoblanmoqda. Bu mumkin bo‘lmagan hollarda, Morokov muhojir bolalar bilan mashg‘ulotlarda o‘quvchilar sonini qisqartirishni va bu bolalar bilan ishlaydigan o‘qituvchilarga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lashni taklif qilgan. Bu, uning fikricha, til to‘siqlarini yengib o‘tishga yordam beradi va migrant bolalarni ta’lim jarayoniga yanada samaraliroq jalb qiladi.

Morokov, shuningdek, Rossiyada bepul ta’lim olish huquqi Konstitutsiya bilan himoyalanganligini, shuning uchun migrant bolalar uchun pullik ta’limni joriy etish mumkin emasligini eslatgan. Bepul ta’lim sharoitida u muhojirlar bilan ishlaydigan o‘qituvchilarning ish haqini oshirish, rus tilini o‘rgatuvchi ixtisoslashtirilgan guruhlarni tashkil etish kabi qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rishni muhim deb hisoblaydi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya