Maqola

232 22/08/2025

Sverdlovsk viloyatida qabul qilinadigan yangi qoidalar bo‘yicha migrantlarga taksi haydovchisi yoki xavfli yuklarni tashuvchi haydovchi sifatida ishlashga ruxsat berilmaydi.

Rossiya Mehnat vazirligi qaror loyihasini ishlab chiqqan loyihada xorijliklarning turli sohalarda ishlashiga taqiqlar belgilangan. Uralda muhojirlarga yadroviy qurilmalar, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, kemalar, poezdlar, harbiy mashinalar va samolyotlar ishlab chiqaradigan zavodlarda ham ishlashga ruxsat berilmaydi. Hujjat muhokama qilinmoqda.

Xuddi shunday cheklovlar boshqa hududlarda ham joriy qilingan. Masalan, Sankt-Peterburgda patenti bor migrantlarga yozda taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlangan edi.

Biroq, jamoat tashkilotlari bu choralar yordam berishiga shubha qilmoqda. Yo‘lovchilar uyushmasi raisi Ilya Zotovning so‘zlariga ko‘ra, bunday taqiqlar taksilarni xavfsizroq va rossiyalik haydovchilarni ko‘proq jalb qilmaydi. Aksincha, yo‘lkira qimmatlashadi va mashinani uzoqroq kutishadi.

Zotovning qayd etishicha, hozirda taksi haydovchilari yetishmayapti. Agar qonuniy ishlayotgan va barcha hujjatlariga ega bo‘lgan migrantlar ketsa, vaziyat yanada og‘irlashadi.

Shuningdek, u taksida ishlash uchun haydovchi sudlangan bo’lmasligi, shaharni yaxshi bilishi va haydash tajribasiga ega bo’lishi kerakligi haqida qat’iy qoidalar mavjudligini eslatgan. Bu talablar fuqaroligidan qat’i nazar hamma uchun bir xil.

 

«Amina» dasturi, registratsiya, reyestr, patent, «zapret» va «vidvoreniye» haqida suhbat

Navigatsiya