156 26/02/2024

SVSIG – bu deport bo‘lgan xorijlik fuqarolarni saqlash markazi. Bunday markazlar Rossiyaning deyarli barcha subyektlarida bor. Bu markazlarga migrantlar sud orqali qo‘yilgan “zapret”dan keyin, ya’ni Rossiyadan ma’muriy chiqarib yuborish jazosi qo‘llanilganidan keyin joylanadi.

Agar Rossiyadagi tanishlaringizni 3 kundan beri topa olmayotgan bo‘lsangiz hududiy SVSIGdan izlashni tavsiya qilamiz.

SVSIGda kimnidur izlashning uch xil yo‘li bor:

  1. Telefon orqali SVSIGga telefon qilish;
  2. SVSIGning o‘ziga borib surishtirish;
  3. Sud saytlari orqali ma’muriy ishlar orasida tanishingizni izlash orqali.

Moskvada SVSIG Saxarovo qishlog‘ida joylashgan. Moskva oblastida Yegorvevsk qishlog‘ida. Sankt-Peterburga Krasnoye selo qishlog‘ida.

  1. Moskvadagi SVSIG Saxarovoning telefoni 8 (495) 633-32-83 , +79990170064
  2. Sankt-Peterburgdagi SVSIG telefoni +7 (812) 7499029

Tanishingiz SVSIGda ekanini aniqlasangiz unga yegulik yoki birinchi ehtiyoj vositalarini berib yuborishingiz mumkin. Narsalarni SVSIGga kelib, belgilangan tartibda darcha orqali berib yuborasiz.

SVSIG tushganlarga nima yordam berish mumkin?

  • Oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim, dori va boshqa narsalarni yetkazib berish mumkin;
  • Yaqin qarindosh sanalsangiz, uchrashuv so‘rab murojaat qilsangiz bo‘ladi;
  • SVSIGdagi muhojirning yaqin qarindoshi Rossiya fuqarosi bo‘lsa, advokat yoki yurist yollanib, chiqish yo‘llarini izlash mumkin;
  • Agar hujjati bo‘la turib, noqonuniy ravishda SVSIGga joylashtirilgan bo‘lsa ham advokat yoki yurist yordamida sud qarorini bekor qilish mumkin;
  • Agar Rossiyada qochqinlik maqomini so‘ragan bo‘lsangiz, yurist yoki advokat chiqishingizga ko‘mak beradi. Agar imkoni bo‘lmasa, Rossiyadan uyga emas, boshqa mamlakatga ketishga yordamlashishi mumkin.

SVSIGga tushgan chet el fuqarolari hujjat masalasida to‘siq bo‘lmasa, 90 kun ichida vatanlariga bepul, Rossiya byudjeti hisobidan yuboriladi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация