Maqola

530 08/08/2025

Rossiyada ishlaydigan migrantlarning bolalari uchun maktablarda bepul ta’lim olishni taqiqlash konstitutsiyaga ziddir, deb hisoblaydi Ta’lim vazirligining davlat umumiy ta’lim siyosati va maktabgacha ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Reut.

«Konstitutsiyamizga ko‘ra, Rossiyaning barcha fuqarolari va chet el fuqarolari ta’lim olish huquqiga ega. Bu Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lgan barcha odamlar uchun umumiy huquqdir», deb ta’kidlagan Reut.

Avvalroq Davlat Dumasining Ijtimoiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Yaroslav Nilov migrantlar farzandlari uchun maktablarda 1-sinfdan 11-sinfgacha bepul ta’lim olishni taqiqlovchi qonun loyihasini taklif qilgan edi. “Chet elliklarning farzandlari yoshi va sinfidan qat’i nazar, to‘lov evaziga o‘qishi kerak”, degan edi u.

Nilov, shuningdek, muhojirlar farzandlarining rus tilidan imtihon topshirishga urinishlarini cheklovchi tashabbus ishlab chiqishni taklif qildi.

Avgust oyi boshida Mehnat vazirligi rus tilini bilmaydigan muhojirlarni haydovchi, sotuvchi va shifokor, ya’ni “ijtimoiy aloqani talab qiluvchi” kasblarda ishlashiga taqiq kiritishni taklif qildi”, — deyiladi departament xabarida. Hozirda Rossiyaga davlat kvotasi bo‘yicha ishlash uchun kelgan migrantlar qonunchilik darajasida til imtihonidan ozod qilingan.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya