Taqiq bekor qilindi: Vladivostokda migrantlar yana avtobus haydashi mumkin
Primorsk o‘lkasida patentga ega bo‘lgan muhojirlarning yo‘lovchi tashish sohasida ishlashiga to‘rt yillik taqiq olib tashlandi. Gubernator mazkur faoliyat turini xorijiy fuqarolar uchun taqiqlangan faoliyat turlaridan chiqarib tashladi. Cheklovlar yumshatilganiga qaramay, viloyatda haydovchilar yetishmasligi o‘tkir muammo bo‘lib qolmoqda. Vladivostokda jamoat transporti jiddiy inqirozni boshidan kechirmoqda. Ba’zi korxonalar o‘z yo‘nalishlarining yarmi...