Rossiyada migrantlar qurolli kuchlarida xizmat qilish haqidagi ma’lumotnomaga majburan qo‘l qo‘ydirilmoqda
Ma’lumotnoma nazariy jihatdan muhojirni hech narsaga majburlamaydi. Ya’ni urushga olib ketish haqida gap-so‘z yo‘q. Biroq masalaning boshqa tarafi bor – targ‘ibot. Muhojirlarga Rossiya qurolli kuchlarida xizmat qilish haqidagi hujjat turli joylarda berilmoqda – politsiya bo‘limida, tergov qo‘mitasida, migrantlarni vaqtincha saqlash markazlarida, patent rasmiylashtiriladigan migratsiya markazlarida, hujjat rasmiylashtiradigan pasport-viza servislarida,...