Teg: #deport #Rossiya #migrantuzb #vidvoreniye #zapret

Kamchatkada migrantlarga ta’lim va savdo sohalarida ishlash taqiqlandi

Kamchatka o‘lkasi gubernatori Vladimir Solodov patent bilan ishlaydigan muhojirlarga 2025-yildan ta’lim va oziq-ovqat ishlab chiqarishini o‘z ichiga olgan 15 ta sohada ishlashni taqiqladi, deb yozmoqda «Коммерсант» nashri. Xabar berilishicha, taqiq YOII mamlakatlari fuqarolariga taalluqli emas. 2025-yildan boshlab Kamchatka o‘lkasida migrantlar oziq-ovqat, o‘rmon resurslarini yig‘ish va tayyorlash, bolalar hamda diyetik...

Volodin: “Duma migratsiyani taqiqlamoqchi emas…”

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputatlari migratsiyani taqiqlash emas, tartibga solish niyatida ekanini Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qilgan. “Biz maqsadimiz migratsiyani taqiqlash emas, uning qonun doirasida bo‘lishini ta’minlash uchun hamma narsani qilish”, deydi Volodin “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, ish beruvchilar ularga ishlash uchun kelgan migrantlar...

«Hamma narsani ham taqiqlayvermaslik kerak»: ekspertlar mehnat muhojirlarini qo’rqitmaslikka chaqirmoqda

So‘nggi yillarda migrant mehnatidan faol foydalanayotgan Rossiya kompaniyalari ishchi kuchi topish va yollashda tobora ko‘proq qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bunday ishchilarga talab o’sishda davom etib, taklif kamaymoqda. Chet ellik ishchilarni alkogol savdosi, ko‘cha ovqatlari va jamoat transporti kabi sohalarda patent bo‘yicha ishga olishni taqiqlovchi migratsiya qonunlarini kuchaytirish bo‘yicha qat’iy choralar...

Migrantlar huquqini himoya qilgan o‘zbek blogeri Rossiyadan deportatsiya qilindi

Suyanch.uz blogining asoschisi Jo‘rabek Amonov bir necha yillardan buyon Rossiyada mehnat patenti asosida ishlab kelayotgan muhojirlardan edi. Jurabek o‘z hujjatlariga e’tiborli bo‘lib, mehnat patenti uchun avans to‘lovlarini oldindan to‘lab borgan. Blogida u ko‘pincha politsiyachilarning o’z vakolatini suiste’mol qilishi, migrantlarga uy ijaraga olish, hujjatlarni vositachilarsiz rasmiylashtirishni o‘rgatib kelgan. Jurabekning YouTube...

Primoreda migrantlarga avtobus haydash va kuryerlik qilish taqiqlanadi

Primore mintaqasi hokimiyati 2025-yilda patent bilan ishlayotgan mehnat muhojirlarining faoliyatini cheklash niyatida. Bunday cheklovlar, dengiz yuklari va suv yo‘li orqali yo‘lovchi tashish sohasidagi ishlarga, shuningdek, ta’lim yo‘nalishidagi faoliyatga ham taalluqli. To‘liq ro‘yxatda 41 ta faoliyat turi ko‘rsatilgan.

Uchishni orzu qilgan muhojirning parvozi fojiaga aylanishiga oz qoldi

Uzoq vaqtdan beri samolyotsozlik bilan qiziqadigan moskvalik 73 yoshli Vladimir Lisyanskiy parashyut va motordan qo‘lbola paralyot yasagan. Qariya dachada ishlab yurgan 44 yoshli mehnat muhojirini sinovchi uchuvchi sifatida paralyotda parvoz qilishga ko‘ndirgan. Biroq ularning parvozi fojia bilan tugashiga bir bahya qoldi. Domodedovo aeroporti dispetcheridan uchishga ruxsat olgan Vladimir Lisyanskiyning...

Ish taqiqlaridan urushgacha: Rossiyadagi muhojirlar yangi bosim ostida

30-sentyabr kuni Rossiya hukumati migrantlarga qarshi uchta qonun loyihasini tasdiqladi. Agar ular Davlat Dumasi tomonidan qabul qilinsa va prezident tomonidan imzolansa, mamlakatda noqonuniy bo‘lish jinoyat sodir etilishini og‘irlashtiruvchi omilga aylanadi va hujjatlarni qalbakilashtirish va noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashish uchun jazolar yanada qattiqlashadi. «Krokus»dagi teraktdan so‘ng chet elliklarga ko‘plab faoliyat turlari...

Endi migrantlarni deportatsiya jarayoni videoga olinadi

Federal sud pristavlari xizmati (ФССП) ish faoliyatida video vositalaridan foydalanish to’g’risida buyruq loyihasini ishlab chiqdi. Unga ko’ra “ФССП” xodimlari videokamera vositasida ish faoliyatini, jumladan migrantlarning deportatsiya qilish jarayonini ham yozib borishi kerak. Videoga olish haqida xodimlar muhojirlarni avvaldan ogohlantirishi shart bo’ladi. Barcha videomateriallar arxivda saqlanadi, deb yozmoqda “Kommersant” nashri....

Migrantlarni chiqarib yuborish rejimi: yangiliklar bo‘yicha qisqacha yo‘riqnoma

Avvalroq Rossiyaning migratsiya qonunchiligini o‘zgartirishga qaratilgan qonun loyihalari to‘plami qabul qilingani haqida yozgan edik. Ulardan biri – «chiqarib yuborish rejimi»ni joriy qiluvchi qonun loyihasidir. 2025-yilning 5-fevralidan kuchga kiradigan «chiqarib yuborish rejimi» haqidagi asosiy ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz. Chiqarib yuborish rejimi – Rossiyada qonuniy yashash va ishlash uchun asoslari tugagan yoki...

Davlat Dumasi muhojirlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yana bir sababini topdi

Migrantlarni saylovoldi tashviqotiga jalb qilish mumkin emas, dedi Davlat dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Yaroslav Nilov. Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli qonun loyihasi allaqachon Davlat Dumasi deputatlari ko‘rib chiqishi uchun tayyorlangan. Bunday qoidabuzarlik qilgan migrant jarimaga tortilishi va Rossiyadan chiqarib yuborilishi kerak. Uning qo’shimcha qilishicha,...
Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya