Terrorchilikda gumon qilingan shaxs O‘zbekiston fuqarosimi yoki Rossiya?

18-dekabr kuni ertalab OAV Moskvadagi terrorchilikda gumon qilingan ikki shaxsning qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Keyinchalik Rossiya «ФСБ»si jinoyat ijrochisining so‘roqqa tutish videosini e’lon qildi – gumonlanuvchi 1995-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. Shu bilan birga, ayrim OAV, masalan, “Кубанские Новости” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi aslida Rossiya fuqaroligini olgan...