Irlandiyada migrant jinoyati haqidagi mish-mishlar tufayli ommaviy tartibsizliklar boshlandi

Irlandiya poytaxti Dublinda ikki kechadan buyon ommaviy tartibsizliklar davom etdi. Irlandiya matbuotiga ko‘ra, 1000 ga yaqin kishi vaqtincha boshpana izlovchilar joylashgan Citywest mehmonxonasi oldida to‘plangan. Odamlar baqirib, politsiyachilarga petarda va shishalar otmoqda, bir politsiya mashinasi yoqib yuborildi. Olomonni tarqatish uchun politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan....





