Teg: #migrant #jazo #Rossiya #qamoq

“Bir sakrading – qutulding, ikki sakrading – tutilding” – soxta hujjat qilgan migrant qamaldi

Ko’pgina migrantlar Rossiyaga pul topish uchun borishni orzu qiladilar. Lekin har qanday yo’l bilan chegarani kesib o’tish istagi yomon yakunlanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan birining fuqarosi aynan shunday holga tushdi. Bu odam ilgari Rossiyada yashagan va ishlagan. Yashash muddati tugaganidan so‘ng ham ketmagan. Buning uchun unga jarima solingan va deportatsiya...

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada 7 yilga qamaldi

Rossiyaning eng g‘arbiy viloyati ma’muriy markazi Kaliningrad sudi 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Kallibek Yeseniyazovni yetti yilga ozodlikdan mahrum qildi. U Ukraina tomonida jang qilayotgan rossiyaliklardan tashkil topgan “Свобода России” legioniga qo‘shilish uchun Kaliningrad viloyatidan Polshaga noqonuniy o‘tishga uringanlikda ayblangan. Yeseniyozov jazo muddatining dastlabki uch yilini qamoqxonada, qolgan muddatini esa...

Politsiyani urib ketgan migrant 15 yil qamoq jazosi oldi

2023-yilda Xabarovskda huquqni muhofaza qilish organi xodimini o‘z mashinasida urib ketgan migrant kuni kecha Xabarovsk sudi qarori bilan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “РИА Новости” Xabarovsk o‘lkasi va Yahudiy avtonom oblasti bo‘yicha tergov qo‘mitasiga tayangan holda xabar bergan. «Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi, 2003-yilda tug‘ilgan shaxsga nisbatan ayblov...

Migrantlar yotoqxonasiga hujum qilgan rossiyalik shaxs 7 yilga qamalishi mumkin

Pavlov shahrida yashovchi 31 yoshli fuqaro muhojirlar joylashgan yotoqxonada tartibsizlik qilgani va u yerda yashovchi ikki kishining sog‘lig‘iga zarar yetkazgani uchun yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Jinoiy ish sudga yuboriladi, deb xabar qildi Rossiya IIVning mintaqa bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati. 2024-yil 29-iyun kuni ertalab uch kishidan iborat...

Lipetsk koloniyasidan qochgan oltinchi mahkum haliyam ozodlikda

Huquq-tartibot idoralari Lipetsk koloniyasidan qochib ketgan beshinchi mahkumni ham qo‘lga olgani xabar berilmoqda. U Petrovskoye qishlog‘ida yashirinib yurgan ekan. Qo‘lga olingan shaxs hududiy politsiya bo‘limiga olib borilgan. Oltinchi qochib ketgan shaxsni qidirish davom etmoqda, deb xabar bermoqda Rossiya IIV vakili Irina Volk. “РБК” nashrining xabar berishicha, beshinchi mahkum Tambov...

Rossiya qamoqxonalaridagi Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari Ukrainadagi urushga borishga majburlanmoqda

Rossiya koloniyasida yetti yillik muddatini oʻtayotgan 32 yoshli tojikistonlik Jovid jurnalistlarga murojaat qilib, Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari qamoqxonada qanday holatga duch kelayotganini aytib bergan. Jovidning soʻzlariga koʻra, koloniya maʼmuriyati uni va boshqa Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolarini Rossiya fuqaroligini qabul qilishga va urushga borish uchun kontrakt tuzishga majburlamoqda, deb yozadi...

Rossiyada qamalganlarga jazoni o‘z vatanlarida o‘tash taklif qilinmoqda

Rossiyadagi qamoqxonalarda jazo muddatini o‘tayotgan xorij fuqarolariga qolgan muddatni o‘z yurtlarida o‘tash uchun ariza topshirish taklif etilmoqda, deb yozadi «Важные истории» nashri. Nashr mazkur ma’lumotni inson huquqlari himoyachisi Ivan Astashin va Mordoviyadagi IK-17 muassasasidagi vaziyat bilan tanish manbaga tayangan holda ma’lum qilgan. «Важные истории» nashrining fikricha, Federal jazoni ijro...
Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya