Teg: мигрант

Uchishni orzu qilgan muhojirning parvozi fojiaga aylanishiga oz qoldi

Uzoq vaqtdan beri samolyotsozlik bilan qiziqadigan moskvalik 73 yoshli Vladimir Lisyanskiy parashyut va motordan qo‘lbola paralyot yasagan. Qariya dachada ishlab yurgan 44 yoshli mehnat muhojirini sinovchi uchuvchi sifatida paralyotda parvoz qilishga ko‘ndirgan. Biroq ularning parvozi fojia bilan tugashiga bir bahya qoldi. Domodedovo aeroporti dispetcheridan uchishga ruxsat olgan Vladimir Lisyanskiyning...

Volodin muhojirlardan «kampirlarni yo‘ldan urmaslikni» talab qildi

Rossiyada 2021-yildan beri migratsiya maqomini olish maqsadida tuzilgan 4,3 mingdan ortiq nikoh qayd etilgan. Ularning ba’zilarida kelinning yoshi kuyovdan ancha katta bo‘lgan. Davlat Dumasi chet el fuqarosining mamlakatda vaqtinchalik yashash ruxsatini olish uchun zarur bo’lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan birga yashash muddatini uch yilga oshirgan tuzatishni ma’qulladi. Parlament quyi...

Rossiya olimlariga MDH va Yaqin Sharq davlatlari darsliklaridagi Rossiya obrazi yoqmayapti

Qozog‘iston darsliklarida Rossiya kolonial imperiya sifatida tasvirlangan bo‘lib, mamlakatdan harbiy va iqtisodiy manfaatlar uchun foydalangani aytiladi. Darsliklarda Rossiya imperiyasining, ayniqsa, ko‘chirish siyosati tanqid qilinadi, bu siyosat ijtimoiy nizolar va qo‘zg‘olonlarga olib kelgan, deb xulosa qilinadi. 1921-yildagi ochlik Sovet davri tufayli bo‘lgani aytiladi va uning halokatli oqibatlari ko‘rsatiladi. Ozarbayjon darsliklarida...

Migrant bolalarning rus tilini o‘rganish muammolari

Uzluksiz ta’lim iqtisodiyoti markazi, Iqtisodiyot va iqtisod instituti (ИПЭИ РАНХиГС) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, o‘qituvchilarning yarmidan ko‘pi (53%) muhojirlarning bolalari orasida rus tilidagi qiyinchiliklarni qayd etgan. So‘rov Novgorod, Chelyabinsk va Yaroslavl viloyatlaridagi maktablarning 2064 nafar o‘qituvchisini qamrab oldi. Respondentlarning 42 foizi bunday muammolarni ko‘rmagan, 5,5 foizi esa javob berishga...

Kaliningrad maktabi direktorining o‘zbek tili haqidagi hazili boshiga balo bo‘ldi

Kaliningraddagi 7-maktabda direktorning ota-onalarga o‘zbek tilini o‘rganishni taklif qilgan izohidan keyin bahsli vaziyat yuzaga keldi. Voqea ota-onalarning rus tilini yomon biladigan muhojir o‘quvchilar ustidan shikoyat qilganidan keyin sodir bo‘lgan. Biroq farzandi shu maktabda o‘qiydigan ayol bu so‘zlar kontekstdan olinib, noto‘g‘ri talqin qilinganini aytgan va direktorni himoya qilgan. Ayolning so‘zlariga...

Migratsiya qonunlari kuchaytiriladi: Davlat Dumasi yangi jazo va taqiqlarni tayyorlamoqda

Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin 1-oktabr kuni parlamentga Rossiya Federatsiyasida migratsiya qonunchiligini kuchaytirish bo‘yicha bir nechta qonun loyihalari kiritilishini aytdi. Uning so’zlariga ko’ra, 1-oktyabr kuni Davlat Dumasiga taqdim etiladigan beshta hujjatga ko’ra, quyidagilar taklif qilingan: – Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy bo’lgan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishini og’irlashtiruvchi holat deb...

Ispaniya qishloqda yashashni istaganlarga pul taklif qilmoqda

Ispaniya o’z qishloqlariga ko’chib keladigan masofaviy ishi borlarga 16 620 dollar (1.5 million rubl) to’lashini e’lon qildi. Ispaniyaning Ambroz nomli vodiyi o’tgan oyda «Ambrozda yasha» deb nomlanuvchi dasturini e’lon qildi. Dastur vodiyga ko’chib kelib, 2 yil yashash shartini nazarda tutadi. Ishtirok etuvchilarga 16 620 AQSH dollariga teng mablag’ to’lanishi...

Bu nima, tahdidmi? – Senator Klimov O‘zbekistonga boshqa davlatlarning ishlariga aralashish qanday oqibatlarga olib kelishini eslatdi

Rossiyalik senator, Federatsiya Kengashining xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Andrey Klimov O‘zbekiston parlamenti vitse-spikeri Alisher Qodirovga javoban tahdid mazmunida fikr bildirdi. Izohga sabab, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Toshkentdagi 188-maktabda rus tili o‘qituvchisi tomonidan o‘quvchiga bo‘lgan zo‘ravonligi bo‘yicha tushuntirish so‘roviga Alisher Qodirovning munosabati bo‘lgan. Alisher Qodirov Rossiya TIVni «o‘z ishlari...

Qobulov Abduvohid Voxobjon o‘g‘lini yaqinlari qidirmoqda

Qobulov Abduvohid Voxobjon o‘g‘li 1997-yilning 1-iyulida Andijonning Marhamat tumanida tug‘ilgan. Hamyurtimiz bir necha marta Rossiyaga kelib, ishlab ketgan. Oxirgi marta Rossiyaga ishlashga kelib, qurilish korxonasida mehnat qilayotgani haqida oilasiga xabar bergan. Yaqinlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Abduvohid oxirgi marta Rossiyaga kelganida patent rasmiylashtirmagan. Shuning uchun oylik migratsion qaydi (registratsiyasi) tugashiga yaqin...

“MAZ” avtozavodidagi o‘zbek ishchilari nimadan norozi?

“Assalomu alaykum, musofirchilikda yurgan o‘zbek aka-ukalar va opa- singillar! Barchalaringiz sog‘-salomat yuribsizlarmi? O‘zbekiston Migratsiya vazirligi chet el davlatlari bilan ish va ish joylari, xalqimiz uchun yaxshi bitimlar va shartnomalarni yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Bu xabarlarni o‘qib, xursand bo‘lasan kishi. Lekin “afsusdaman”, deb og‘ir vaziyatlarga tushib qolayotgan yurtdoshlarimiz ham oz emas....
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya