10 yil xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Ostonada qo‘lga olindi
Qozog‘iston poytaxtining polisiyasi 10 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqaroni qo‘lga oldi. Ostona polisiya departamenti matbuot xizmati uni ekstradisiya qilish masalasi hal qilinayotganini xabar qilgan. “O‘zbekiston Respublikasining 42 yoshli fuqarosi 10 yildan buyon odam savdosi bilan shug‘ullanib, qidiruvda bo‘lgan. Qidiruv Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan”,...