Rossiyalik deputat muhojirlarga bo’lgan yomon munosabatni qoraladi

Davlat Dumasi deputati Oleg Matveychev o‘z blogida migrantlarga nisbatan davlat siyosati va jamoatchilik kayfiyatini yomonlashtirishni bas qilishga chaqirdi. Muhojirlarga nisbatan siyosat haqida fikr bildirar ekan, deputat hozirda “migrantlarni ta’qib qilish” g‘oyasini ommaga targ‘ib qilayotgan “populistlar”ga berilmaslikka chaqirdi. Matveychev, shuningdek, agar hukumatning muhojirlarga nisbatan siyosati va jamoatchilik kayfiyati keskinlashsa, “har...

Ozarbayjonga borayotgan o‘zbekistonlik migrantlar ko‘paymoqda

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining Ozarbayjonga ishlash va bu davlatga joylashib yashash imkoniyati sifatida qiziqishlari ortib bormoqda. Ozarbayjon statistik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 10 yil ichida Ozarbayjonga fuqaroligini o‘zgartirgan sobiq O‘zbekiston fuqarolari soni 60 mingdan ortiqni tashkil qilgan. “Bokuda ish haqi Toshkentdagidan 60 foizga yuqori, mehnat bozori erkin va tanlash imkoniyati bor,...

2024-yilda kuchga kirgan migrantlarga tegishli qonun va talablar

05.01.2024-yildan ayrim toifadagi migrantlarga «выдворение»ni jarimalarga almashtirish haqidagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar kuchga kirdi. 04.01.2024-yildan boshlab Rossiya Prezidenti farmoni bilan «СВО» davrida harbiy xizmat uchun shartnoma imzolagan chet el fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligi berilmoqda. 07.01.2024-yildan boshlab mehnat patenti olganlar 2 oy ichida mehnat faoliyati to‘g‘risida “уведомление” topshirishlari shart. 14.02.2024-yildan Rossiya...

Moskvada muhojirlar uchun qo‘llanma yaratiladi

Moskvadagi inson huquqlari bo‘yicha komissari Tatyana Potyayeva poytaxtda yashovchi muhojirlar uchun maxsus qo‘llanma ishlab chiqilishi haqida ma’lum qildi. U bu tashabbusni «РИА Новости» bilan suhbatda bildirdi. Potyayevaning so‘zlariga ko‘ra, hujjat xorijiy fuqarolar bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar tahlili asosida tuziladi. «Qo‘llanma barcha asosiy mavzularni qamrab oladi: qanday harakat qilish kerak, qayerga...

Krasnoyarsk o‘lkasi muftiysi: Migrantlar asossiz shubha va cheklovlar tufayli jabr ko‘rmoqda

Krasnoyarsk o‘lkasi musulmonlari birlashgan diniy boshqarmasi raisi Gayaz Fatkullin so‘nggi cheklovlar va politsiya reydlari tufayli muhojirlar bilan bog‘liq vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Muftiyning ta’kidlashicha, muhojirlar qonunga bo‘ysunuvchi xatti-harakatlariga qaramay, ko‘pincha ularga shubha bilan qarashadi. “Krasnoyarsk o‘lkasida mahalliy aholi tomonidan sodir etilgan har 99 jinoyatga migrantlar tomonidan bittadan kam...

Yolg‘on xabar sababli migrantlarga hujum qilindi

Tuva markazi Qizil shahrida ijtimoiy tarmoqlarda migrant sababli bir qiz OIV infeksiyasiga chalingani haqida tarqalgan soxta xabarlar tufayli migrantlarga hujumlar uyushtirildi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi РИА Новости. Qayd etilishicha, hujum natijasida savdo bazasida ishlayotgan bir necha muhojir jarohat olgan. Holat yuzasidan bezorilik moddasi...

Yekaterinburgda imtihon markazidagi migrantlarning navbati jamoatchilik e’tiborini tortdi

Yekaterinburg shahrining Kolmogorov ko‘chasida joylashgan xorijlik fuqarolarni test qilish markazida migrantlardan iborat katta navbat paydo bo‘ldi. Ularning barchasi patent, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi, ishlash uchun ruxsatnoma yoki doimiy yashash uchun hujjat (ВНЖ) olish uchun zarur bo‘lgan pullik imtihonga yozilish uchun kelishgan, deb yozadi «e1» nashri. Yekaterinburgdagi imtihon markazidagi navbatlar jamoatchilik...

Internetdagi qiz Peterburgda ikki o‘zbekistonlik mushtlashuviga sababchi bo‘ldi

Peterburgda politsiya o‘zbekistonlik migrantni qo‘lga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan o‘zbekistonlik shaharning Krasnogvardeyskiy tumanidagi qurilish maydonida hamyurtlaridan birini jarohatlagan. Bu haqda 5-dekabr kuni Peterburg shahri IIV boshqarmasu xabar berdi. O‘tgan tunda politsiyaga shifoxonadan 17 yoshli yigitning turli jarohatlar bilan olib kelingani haqida xabar qilingan. Bola Malooxtinskiy prospektidagi 68-uydan shifoxonaga...

Qodirov politsiyaning xorijliklarni “urish, hibsga olish va quvib chiqarish” harakatlaridan norozi

Checheniston rahbari IIV va Tergov qo‘mitasi rahbarlarini chechen o‘spirin Murdiyevning janjal bilan bog‘liq ishi sabab tanqid qildi. Shuningdek, politsiyaning xorij fuqarolariga nisbatan olib borayotgan siyosati — “urish, hibsga olish va quvib chiqarish” harakatlaridan norozilik bildirdi. Qodirovning bu fikri Moskvadagi Tergov qo‘mitasi tomonidan 14 yoshli chechen o‘spirin Muslim (Roman) Murdiyevga...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya