Rossiya olimlariga MDH va Yaqin Sharq davlatlari darsliklaridagi Rossiya obrazi yoqmayapti
Qozog‘iston darsliklarida Rossiya kolonial imperiya sifatida tasvirlangan bo‘lib, mamlakatdan harbiy va iqtisodiy manfaatlar uchun foydalangani aytiladi. Darsliklarda Rossiya imperiyasining, ayniqsa, ko‘chirish siyosati tanqid qilinadi, bu siyosat ijtimoiy nizolar va qo‘zg‘olonlarga olib kelgan, deb xulosa qilinadi. 1921-yildagi ochlik Sovet davri tufayli bo‘lgani aytiladi va uning halokatli oqibatlari ko‘rsatiladi. Ozarbayjon darsliklarida...