2024-yil 1-oktabrdan boshlab Nijniy Novgorod oblastida patentlar berish to‘xtatildi
Nijniy Novgorod oblasti bo‘yicha Rossiya IIV Migratsiya masalalari boshqarmasi o‘zining rasmiy saytida 2024-yil 1-oktabrdan boshlab «vizasiz» davlatlardan kelgan xorijiy fuqarolarga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patentlarning berilishi to‘xtatilishi haqida xabar bergan. Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi № 115-Federal Qonunining 133-moddasining 3-bandi asosida, Rossiya IIVning 2024-yil 23-sentabrdagi...