Kasalxonada odamlarni yong‘indan qutqarib qolgan migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Yekaterinburg kasalxonasida odamlarni yong‘indan qutqarib qolgan migrant taksi haydovchisi Rossiyadan chiqarib yuborishga qaror qilindi. Bu ma’lumot Yekaterinburgning Jeleznodorojniy sudi saytida paydo bo‘ldi. Qirg‘iziston fuqarosi Sulton Abdumalikov Yekaterinburg shahrida mehnat shartnomasisiz taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan. 18-noyabr kuni tushdan keyin u 3-sonli markaziy shahar klinik shifoxonasi hududida joylashgan poliklinika tomida alangani...