Mehnat qulligiga tushib qolgan o‘zbekistonlik migrant ozod bo‘ldi

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Qozog‘istonda qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik fuqaroni vatanga qaytarishga yordam berdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qilmoqda. Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, R.M. ismli vatandoshimiz fuqarolik pasportini ish beruvchidan qaytarib olish va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli O‘zbekistonga qaytish uchun yordam so‘ragan. U...

Qozog‘iston elchisi muhojirlarning Rossiyaga oilalarini olib kirishi taqiqlanishiga qarshi chiqdi

Qozog‘istonning Rossiyadagi elchisi Dauren Abayev muhojirlarning o‘z oilalari bilan mamlakatga ko‘chib o‘tishi muhokama qilinayotgan taqiqdan xavotir bildirdi. E’tiborlisi, mehnat muhojirlari keladigan boshqa mamlakatlar vakillari bunday bayonot bilan chiqmagan. Abayevning ta’kidlashicha, Rossiya qonunchiligiga kiritilgan yangi tuzatishlar Qozog‘iston jamiyatida xavotir uyg‘otmoqda, chunki gap o‘z mehnati bilan Qozog‘iston va Rossiyaning iqtisodiy rivojlanishiga...

O‘zbekistonlik muhojirlar Rossiya o‘rniga ko‘proq Qozog‘istonni tanlamoqda

O‘zbekiston fuqarolari ishlash uchun Rossiya o‘rniga Qozog‘istonni ko‘proq tanlay boshladi. Bu haqda Gazeta.uz nashri O‘zbekiston Migratsiya Agentligi ma’lumotlariga tayanib xabar bergan. Agentlik o‘zbekistonlik chetga chiqayotgan mehnat muhojirlari sonining keskin kamayishini qayd etgan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil boshiga qadar chet elga ishlash uchun 1,35 million fuqaro ketgan. Bu o‘tgan yilgi...

Diqqat: “Orsk” va “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punktlari 16 oyga yopiladi

1-fevraldan boshlab Qozog‘iston va Rossiya chegarasida ikkita nazorat punktlari vaqtincha yopiladi. Bu Orеnburg viloyatidagi «Orsk» va «Mashtakovo» o‘tkazish punktlari, deb xabar bermoqda “Росгранстрой” o‘zining rasmiy saytida. Chegara punktlarining vaqtinchalik yopilishiga sabab «Алимбет» va «Сырым» chegaralararo o‘tkazish punktlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari ekani ta’kidlangan. Qozog‘iston tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, rekonstruksiya ishlari 16...

2024-yilda Astraxandan 1300 dan ortiq odam chiqarib yuborilgan

2024-yilda Federal sud ijrochilari xizmatining Astraxan viloyati boshqarmasi tomonidan Rossiya Federatsiyasining migratsiya qonunchiligini buzgan chet el fuqarolarini chiqarib yuborish bo‘yicha 1370 nafar fuqaro o‘z vataniga qaytarildi. Ularning barchasi sud tomonidan Rossiya Federatsiyasiga kirish qoidalarini yoki uning hududida bo‘lish rejimini buzganlikda aybdor deb topilgan. Oddiy qilib aytganda, bu odamlar Rossiyada...

Ozarbayjon samolyotini kim urib tushirdi? – Kreml «taxmin» qilmaslikni so‘ramoqda

Rossiya hukumati Grozniyga uchayotgan va Qozog‘istondagi Oqto‘ba shahri yaqinida qulab, 38 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan samolyot halokatining sabablariga oid «taxmin”larni muhokama qilmaslikni va shoshqaloqlik bilan xulosa chiqarilmaslikni so‘ramoqda. Bu izoh halokatga Rossiyaning havo hujumi sabab bo‘lgani haqidagi xabarlarning keng muhokama qilinishi fonida yangramoqda. “Tekshiruv natijalari chiqmaguncha har qanday taxminlarni...

Qozog‘istonda aviahalokat: Samolyot ukrain dronlari hujumiga uchradimi?

Bugun, 2024-yilning 25-dekabr kuni, Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida Boku shahridan Grozniyga yo‘nalgan samolyot halokatga uchradi. Turli manbalarga ko‘ra, “Azerbaijan Airlines» aviakompaniyasiga tegishli samolyot o‘z marshrutini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Buning sababi sifatida ayrim manbalar Grozniy shahridagi qalin tumanni, boshqa manbalar ukrainlar tomonidan Chechenistonga qilingan dron hujumlarini keltirilmoqda. Internetda esa samolyotda...

Qozog‘istonda buzilib qolgan avtobusdagi 34 o‘zbekistonlik qutqarildi

9-dekabr kuni soat 23:45 da «Almati-Toshkent» avtomobil yo‘lining 592-kilometrida, Jualiy tumanida «Yutong» rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan. Bu haqda viloyat FVV xabar berdi. Avtobus Almati shahridan Nukus shahriga (O‘zbekiston Respublikasi) qadar qatnagan. Jambul viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari tomonidan 41 nafar yo‘lovchini evakuatsiya qilish ishlari...

Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Migratsiya agentligi Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelishi munosabati bilan ogohlantirdi. «Ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, faqat ishonchli va xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz»,...

O‘zbekiston rus tili mavqeini oshirishga oid shartnomaga qo‘shildi

O‘zbekiston Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi. Bunga doir qonun mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi, deb xabar bermoqda “UZ24” nashri. Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni tuzish taklifi 2022-yil oktyabr oyida Ostonada o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlari sammitida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tomonidan bildirilgandi. Mazkur taklifga...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya