📢 Yangi Moskvadagi migrantlar yotoqxonasida reyd

Rus manbalarining yozishicha, Sherbinkadagi yotoqxonada yashovchi 83 nafar muhojirning Rossiyada bo‘lish qonuniyligi tekshirilgan. Hujjatlarni tekshirish chog‘ida yashovchilardan atigi ikki nafarining Rossiya hududida bo‘lish huquqini beruvchi hujjatlari bo‘lmagan. Politsiya qoidabuzarlarga nisbatan 5 ming rubl miqdorida jarima to’lash va keyinchalik mamlakatdan chiqarib yuborish bilan bog’liq bayonnomalar tuzgan.

🔻Moskvada reyd natijasiga ko‘ra o‘nlab muhojirlarga harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi topshirildi

Moskvada Tergov qo‘mitasining harbiy tergov bo‘limi vakillari va IIV xodimlari noqonuniy migratsiya faktlarini aniqlash va sobiq muhojirlar tomonidan qonunchilikka rioya etishini nazorat qilish maqsadida reyd o‘tkazdi, deb yozadi “Kommersant”. Ushbu tekshirish natijasida Rossiya fuqaroligini olgan bir necha o‘nlab muhojirlarga ro‘yxatga olish uchun harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi berildi. Nashrning yozishicha,...

Yana muhojirlarga asirlardek muomala qilindi

Iyul oyining oxirida Rossiya OAV va millatchi nashrlarda Samaradagi reyd olqishlangan xabar va videolar tarqatildi. Videoda migrantlarning binodan xuddi asirlardek qo‘llarini bir-birlarining yelkasiga qo‘yib chiqayotgani aks etgan. Video uni ko‘rganlarda o‘ziga yarasha xavotir va dahshat uyg‘otishi aniq. Ma’lum bo‘lishicha, tekshiruv Samaraning ikki tumani – Leninskiy va Oktyabrskiyda o‘tkazilgan. Politsiya,...

Turkiyada fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi

Konyada politsiya tomonidan xorijlik ayollarni pul evaziga fohishalikka majburlaganlikda gumon qilinganlarga qarshi «Piyon» nomli amaliyot o‘tkazildi.  Unda qo’lga tushgan 8 kishidan 5 nafari hibsga olinib, 3 nafari sud-tibbiy ekspertiza qarori bilan ozod qilingan. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon fuqarolari bo‘lgan 24 nafar ayol ko‘rsatma berilganidan keyin deportatsiya qilindi. Aniqlanishicha, gumonlanuvchilar...

Rossiya Tergov qo‘mitasining populizmi tugadimi?

Rossiya Tergov qo‘mitasichalik hech bir idora migrantlar haqida ko‘p gapirmagan. Tergov qo‘mitasining rahbari Aleksandr Bastrikin o‘zining barcha ommaviy chiqishlarini Rossiyadagi migrantlarga bag‘ishlaydi. Biroq, so‘nggi vaqtlarda ritorika yumshaganini sezish mumkin. Bastrikinning statistikasini Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev ochiqchasiga rad qila boshladi. Tergovchilar rahbariga deputatlar va spikerlar e’tiroz bildira boshladi....

Калугада РЕЙД! 60 дан ортиқ мигрант ушланган, 5 киши «депорт» қилинган

Калуга области полицияси Обнинск шаҳридаги мигрантлар тўпланадиган ва истиқомат қиладиган ҳудудларда текширув ишларини ўтказган. Натижада полиция бўлинмасига 60 дан ортиқ киши олиб келинган бўлиб, 5 киши «депорт» қилинган, деб ёзмоқда Обнинск маъмурияти ахборот хизмати. 12 феврал куни полиция шаҳарда «Цунами» деб номланган оператив-профилактик тадбир ўтказган. «Хорижий фуқаролар зич яшайдиган...
Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya