Rossiya janubida muhojir bolalarning 60 foizdan ortig‘i rus tili imtihonidan o‘ta oldi

Rossiyaning Janubiy va Shimoliy Kavkaz okruglarida migrant bolalar uchun rus tilidan imtihon bo‘lib o‘tdi. Test sinovlarida 570 nafar bola qatnashgan bo‘lsa, ulardan 348 nafari imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, maktabga qabul qilindi. Eng ko’p o‘quvchilar Krasnodar o’lkasida – 286 boladan 201 nafari o’tdi. Stavropol o’lkasida 90 bolaning 42 nafar, Rostov viloyatida...

Dugin muhojirlarni xristianlikni qabul qilib, «rus bo‘lish»ga chaqirdi

Kreml ideologlaridan biri Aleksandr Dugin o‘z bayonotlarida migrantlarning Rossiya jamiyatiga integratsiyalashuvi mavzusiga yana bir bor to‘xtaldi. Uning aytishicha, ruslarga qarshi tajovuz qilgan har qanday muhojir jinoyatchiga aylanadi, ammo muammoning mohiyati, uning fikricha, “Gʻarb ta’sirini tashuvchilari”da ekan. Dugin yechim sifatida assimilyasiya qilishni taklif qildi. Uning iddaosicha, pravoslavlikni qabul qilgan va...

Peterburg va Leningradda patent narxi sentabrdan oshiriladi

2025-yil 1-sentabrdan boshlab Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida mehnat migrantlari uchun yagona patent narxi 8 ming rubl etib belgilanadi. Bu amaldagi 6 ming rubllik to‘lovdan 33 foiz yuqori. Bu haqda Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko o‘z Telegram-kanalida xabar berdi. Yangi tartibga ko‘ra, migrantlar birgina patent asosida ikki hudud — Sankt-Peterburg...

Xabarovskda migrantlar ish faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar uzaytirildi

Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Dmitriy Demeshin 2026-yilda ayrim iqtisodiy sohalarda chet el fuqarolarini ishga jalb qilishni taqiqlovchi qarorni imzoladi. Shu tariqa, hududda elektr, gaz va suv ta’minoti xizmatlari ko‘rsatadigan korxonalarda, transport sohasida hamda uy xo‘jaligida migrantlar mehnatiga cheklovlar saqlanib qoldi. Qaror komissiya ishlari yakunlari asosida qabul qilingan. «2025-yil tajribasi shuni...

Migrantlarning O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari oshdi

2025-yilda O‘zbekistonga mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari o‘sishda davom etdi. 2025-yilning ikkinchi choragida (aprel-iyun) mamlakatga qariyb 4,8 milliard dollar tushdi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 21,4 foizga ko‘pdir. Agar 2025-yilning birinchi yarmini hisobga oladigan bo‘lsak, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tkazmalar hajmi qariyb 8,2 milliard dollarga yetgan, bu o‘tgan yilga...

Rus millatchisining haqoratiga Tashqi ishlar vazirligi nima deydi?

Avvalroq Moskva yaqinida joylashgan Ximki shahrida mahalliy fuqaro asli o‘zbekistonlik muhojir yigit bilan janjallashgani va uni «Sen qulsan, ruslarning qulisan! Og‘zingni ochma! O‘zbekistonda hech narsa yo‘q, shuning uchun bizga kelgansan. Sen o‘z uyingda emassan, ishlashga kelgansan, ishingni qil!», deya haqorat qilganini xabar qilgan edik. Keyinroq o‘zbekistonlik yigit voqeaga izoh...

Agar migrant kasalxonada yoki mehmonxonada bo’lsa, joylashuvi haqida xabar beradimi?

1-sentabr kuni Moskvada migrantlar uchun yangi dastur ishga tushiriladi. Migrantlar oʻzlarining joylashuv maʼlumotlarini ilova orqali uzatishi majburiy bo‘ladi. Ammo migrant kasalxonaga yotqizilgan bo’lsa nima bo’ladi? Moskva viloyatidagi eksperiment doirasida kasalxonaga yotqizilgan yoki mehmonxonada yashayotgan migrantlar ilova orqali joylashuvi haqida xabar bermaydi, deb xabar bergan migratsiya xizmati. «Mehmonxonalar, sanatoriylar va...

Rossiyadagi hind migrantlar ham sudlana boshladi

Rossiya Federatsiyasining Tula viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda Kosaya Gora qishlog‘idagi yodgorlik majmuasi hududida xorijliklar beysbol o‘ynayotgani aks etgan video paydo bo‘lganidan keyin tergov boshladi. “Ommaviy axborot vositalari monitoringi chog‘ida Kosaya Gora qishlog‘idagi yodgorlik majmuasi hududida xorijliklar beysbol (yoki kriket) o‘ynayotgani haqida xabar topildi”, — deyiladi qo‘mita xabarida....

Rossiya armiyasida xizmat qilgan migrant sudlandi

2025-yil 13-avgust kuni Shahrisabz tumani sudi sayyor majlis o‘tkazib, Rossiya-Ukraina urushida yollanma askar sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan hukm chiqardi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mahkum (ismi oshkor etilmagan) tumanda yashovchi, oilali, bir necha farzandning otasi hisoblanadi. U avval jinoiy javobgarlikka tortilmagan, asosan mavsumiy ishlar uchun Rossiyaga qatnab kelgan. Ish materiallariga...

Yekaterinburgda FSB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan migrant qamaldi

Yekaterinburgda soxta migratsiya hujjatlarini olish uchun FSB xodimiga pora berishga uringan migrant sudlandi. 120 ming rubl pora bermoqchi bo‘lgan erkak umumiy rejimdagi koloniyada to’rt yil qamoq jazosini oldi, deb xabar berdi УФСБ’ning Sverdlovsk viloyati bo’yicha matbuot xizmati. Bundan tashqari, sud 600 ming rubl miqdorida jarima soldi – bu taklif...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya