Chelyabinsk viloyatida «Русская община» nomaqbul tashkilot deb tan olindi.

Chelyabinsk viloyati Troitskiy tumani hokimiyati «Русская община» harakatini ekstremistik deb atadi va uni nomaqbul tashkilot deb tan oldi. Bu haqda «Русская община Zov» telegram-kanalida xabar berildi. Bunday qaror ekstremizmga qarshi kurash komissiyasi tomonidan qabul qilingan. Shuningdek, uyushma faoliyatida ishtirok etayotgan har bir shaxsning kimligini aniqlash topshirildi. «Русская община» ma’lumotlariga...

Telefondagi yozishmalar tufayli Rossiyaga kirish taqiqlanmoqda

2024-yil mart oyida “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan keyin Rossiya hukumati chegarada tekshiruvlarni kuchaytirdi. Endi Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarning telefonlarida radikal kanallarga obuna bo‘lgani yoki Rossiya rasmiylarini tanqid qiluvchi yozishmalari borligi aniqlansa, ularning mamlakatga kirishi taqiqlanishi mumkin. TASS axborot agentligi Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolarining shu sababdan Rossiyaga kirishiga ruxsat berilmagan...

Navbatlarga muhojirlarning o‘zi aybdormi?

Bir muddat avval Migrant.uz kanalida Sankt-Peterburgda joylashgan Migratsiya markazidagi ahvol bayon etilgan videomurojaatni e’lon qilgan edik. Muhojirning aytishicha, haftalab hujjat olish uchun navbatda turganlar chiqindilarga to‘la tor pana-pastqam joylarda yotishga majbur, xizmat ko‘rsatuvchi darcha va xodimlar juda kam. “Odamlar xushdan ketib qolyapti, it ham turmaydi bu joyda…” deydi u....

Urushda qatnashgan o‘zbekistonlik muhojir uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan 26 yoshli Bekzod Qudratov Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi safida ishtirok etgani uchun O‘zbekistonda sudlandi. Qudratov 2019-yil Rossiyaga ish izlab borgan, ammo 2022-yilda Vladimir viloyati sudi tomonidan unga narkotik moddalar tarqatish ayblovi bilan 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan....

Tataristondagi mehnat muhojirlarining yarmi O‘zbekistondan

Tataristonda 50 mingga yaqin xorijlik muhojir ishlaydi. Bu haqda Davlat kengashining 11-yig‘ilishida respublika mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Elmira Zaripova ma’lum qildi. Mehnat muhojirlarining yarmidan ko‘pi O‘zbekiston fuqarolaridir. Taxminan har besh muhojirning biri Tojikistondan. Migrantlarning eng katta qismi (40%) qurilish sohasida band bo‘lsa, 15 foizi umumiy...

Rossiyada qonuniy qolish uchun kerakli hujjatlar

Agar Rossiyaga Oʻzbekiston yoki Tojikistondan kelgan boʻlsangiz, bu yerda qonuniy yurish uchun sizda quyidagi hujjatlardan biri boʻlishi kerak: 1. Pasport Pasport haqiqiy va o‘qiy olinadigan bo’lishi kerak. Bola uchun esa pasportga qo‘shib tug’ilganlik haqidagi guvohnoma va uning rus tiliga qilingan tarjimasi bo‘lishi kerak. 2. Migratsiya kartasi Rossiyaga kirishda, samolyotda,...

Migrantni aldab pulini olgan Rosgvardiya xodimi jazolanadi

Rosgvardiya xodimi firibgarlik moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida ayblanuvchiga aylandi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi matbuot xizmati Telegram-kanalida xabar berdi. Bayonotda aytilishicha, hukumat vakili o‘z xizmat vazifalarini bajarayotib, migratsiya ro‘yxatiga olingan hujjatlardagi ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun polisiya bo‘limiga olib ketilishi kerak bo‘lgan boshqa davlat...

“Prezident bo‘g‘inglar dedimi, bo‘g‘amiz” – Rossiyada WhatsApp va Telegram bloklanishi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga mamlakatda “do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar”ning dasturiy ta’minotidan foydalanishga yangi cheklovlar bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi. Ro‘yxatga aloqa dasturlari – messenjerlar, videoqo‘ng‘iroqlar va boshqa xizmatlar ham kirishi mumkin. Barcha takliflar 1-sentyabrgacha tayyor bo‘lishi kerak. Hujjat ko‘rsatmalari bilan Kreml saytida e’lon qilingan. Gap Rossiyadan chiqishini rasman e’lon qilgan,...

Cherkesskda ish haqi tufayli migrant mahalliy fuqaroni pichoqladi

Cherkessk (Qorachoy-Cherkes Respublikasi) shahrida mojaro sodir bo‘lib, u pichoqlash bilan yakunlangan. Hammasi uch nafar muhojir yashaydigan Matrosov ko‘chasida uylardan birida sodir bo‘ldi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, migrantlarning oldiga to‘rt nafar mahalliy aholi kelgan. Ulardan biri avvalroq migrantlarni qurilish ishlari uchun yollagan. Ular o‘rtasida pul yuzasidan janjal kelib chiqqan. O‘zaro janjal...

Kursk viloyatida migrant avtohalokatda vafot etdi

Kursk viloyatidagi korxonalardan birining yotoqxonasidan topilgan murda mehnat muhojiri ekan. O‘lik krovatda yotgan holda bo‘lgan, yonida hujjatlari bo‘lmaganidan shaxsi to‘liq aniqlanmagan. Uning faqat ismini bilishardi. Voqea joyiga yetib kelgan poltisiyachilar jasadda jarohat izlari borligini ko‘rgan. Tergov guruhi xonani ko‘zdan kechirib, barmoq izlarini oldi. Shu tariqa marhumning shaxsini aniqlashga muvaffaq...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya