Politsiyaga migrantlarni topishda kvadrokopter yordam berdi

Saratovda politsiya qurilish maydonchasida reyd o‘tkazib, ruxsatnomasiz ishlayotgan turkmanistonlik muhojirlarni qo‘lga oldi. Hodisa Solnechniy-2 mavzesidagi qurilish maydonchasida sodir bo‘lgan. Polisiya kvadrokopteri besh kishining qochib, podvalda yashiringanini videoga oldi. Tez orada ularning barchasi topilib, olib chiqildi. Aniqlanishicha, qo‘lga olingan xorijliklar Rossiyaga sayyoh sifatida kelgan, lekin aslida qurilish ishlari bilan shug‘ullangan....
