Rossiyada 2026-yildan boshlab migrantlar uchun yangi cheklovlar joriy etiladi

Rossiyada 2026-yildan boshlab migrant ishchilar uchun yangi qoidalar kuchga kiradi. Tegishli farmonni Bosh vazir Mixail Mishustin imzoladi. Yangi qoidalarga ko’ra, migrantlarga alkogol va tamaki savdosida ishlash taqiqlanadi. Chet elliklarning bozorlarda, ko’chma chakana savdo do’konlarida va dori-darmon sotadigan dorixonalarda ishlashiga qo’yilgan taqiq ham o’z kuchida qoladi. Bir qator sanoat tarmoqlarida...

Sankt-Peterburgda xorijliklarga kuryer sifatida ishlash taqiqlandi

Sankt-Peterburg hukumati xorij fuqarolariga yetkazib berish sohasida ishlashni taqiqladi. Bu haqdagi farmonni gubernator Aleksandr Beglov imzolagani haqida “Fontanka” nashri xabar berdi. Taqiq 2025-yil oxirigacha xorijliklarning taksida ishlashini taqiqlash ham bo‘lgan hujjatga kiritilgan. Gap patent bo‘yicha ishlaydigan chet el fuqarolari uchun kuryer sifatida ishlashga cheklovlar haqida bormoqda. Yangi chora-tadbirlar, deb...

Sankt-Peterburgda migrantlarga taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlanadi

Sankt-Peterburg hukumati mehnat muhojirlariga taalluqli yana bir cheklovchi qaror qabul qildi: 2025-yil 1-oktabrdan boshlab migrantlar patent bo‘yicha ishlasa, taksi sohasida ishlay olmaydi. Tegishli farmonni gubernator Aleksandr Beglov imzoladi. Hujjatda aytilishicha, taqiq patent tizimi boʻyicha ishlayotgan barcha xorijiy fuqarolarga, yaʼni Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarning katta qismiga taalluqlidir. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra,...

Nijniy Novgorodda ham migrantlarga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi

Nijniy Novgorod viloyati yana bor muhojirlarga ishlashga ruxsat berdi. Ilgari viloyat hokimiyati ayrim hududlarda xorijliklarni ishga olishni taqiqlamoqchi bo‘lgan edi. Biroq ishchilar yetishmasligi sababli ular fikrini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Tadbirkorlar huquqlari bo‘yicha vakil idorasiga tayanib, RBK nashri xabar bermoqda. Dastlab, taqiq mart oyida joriy etilishi rejalashtirilgan edi....

Permda muhojirlarning bir nechta sohalarda ishlashi taqiqlandi

Perm viloyati gubernatori Dmitriy Maxonin hududda migrantlarning ayrim sohalarda ishlashini taqiqlovchi qarorni imzoladi. Mazkur qarorga muvofiq, migrantlarga taksi haydovchisi bo‘lib ishlash, shuningdek chakana savdo sohasida faoliyat yuritish man qilindi. Taqiq noixtisoslashgan do‘konlar hamda ixtisoslashgan savdo nuqtalarida ichimliklar va tamaki mahsulotlari savdosiga ham tegishli. Shuningdek, xorijiy fuqarolar neft, gaz qazib...

2025-yildan Ulyanovskda muhojirlarga ayrim sohalarda ishlash taqiqlanadi

Bu haqda viloyat hukumati saytida e’lon qilingan hujjatda ma’lum qilindi. Ulyanovsk viloyati gubernatori Aleksey Russkixning tegishli qaroriga ko‘ra, quyidagi 6 ta iqtisodiy faoliyat turlarida xorijiy fuqarolarga patent asosida ishlash taqiqlanadi: -ixtisoslashgan do‘konlarda alkogolli ichimliklar, shu jumladan pivo, chakana savdosi; -maxsus do‘konlarda tamaki mahsulotlari chakana savdosi; -shahar va shahar atrofida...

Primoryeda migrantlarga taksi, yetkazib berish, dori-darmon va neft sanoatida ishlash taqiqlandi

Primorye o’lkasi gubernatori Oleg Kojemyako qaroriga ko’ra, 2025-yildan boshlab mintaqada mehnat muhojirlari uchun 36 ta sohada ishlash taqiqlanadi. Bu sohalarga taksi haydovchiligi, kuryerlik, o’qituvchilik, shifokorlik, shuningdek, yoqilg’i, neft mahsulotlari, kimyoviy moddalar va dori-darmonlar ishlab chiqarish kiradi. So’nggi bir yarim yil ichida Rossiyaning uchdan bir qismidan ko’prog’i shunga o’xshash choralarni...

Saxalinda muhojirlarga 24 ta sohada ishlash taqiqlanadi

Saxalin viloyati hukumati matbuot xizmati xabar berishicha, gubernator Valeriy Limarenkoning qaroriga muvofiq, orol hududidagi ish beruvchilarga patent asosida mehnat qilayotgan xorijlik fuqarolarni muayyan faoliyat turlariga jalb qilish taqiqlandi. 2025 yildan boshlab bu cheklov xorijliklarni ishga oluvchi jismoniy shaxslarga ham tatbiq etiladi. Endilikda jismoniy shaxslar xorijlik fuqarolarni uy xo‘jaligi sohasida...

Volgograd viloyatida migrantlarga o‘qituvchi va shifokor bo‘lib ishlash taqiqlandi

13 dekabr kuni Volgograd viloyati gubernatori Andrey Bocharov migrantlarga ishlash man etilgan sohalar ro‘yxatini belgilaydigan qarorni imzoladi. Bu hujjatga e’tiborni «7×7» nashri qaratdi. Qarorga ko‘ra, migrantlarga sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida ishlash, shuningdek, avtobus va taksi haydash, savdo va ovchilik bilan shug‘ullanish hamda kuryerlik qilish taqiqlanadi. Bir necha kun...
Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya