O‘zbekistonlik muhojir urushda qatnashgani va o‘ndan ortiq ukrainalik askarni o‘ldirganini tan oldi

4-dekabr kuni Andijon shahar sudi 2023-yil aprel oyida mavsumiy ish izlab Moskvaga ketgan, biroq keyinchalik Ukrainadagi janglarda qatnashish uchun Rossiya qurolli kuchlari safiga qo‘shilgan Marhamat tumanida yashovchi 39 yoshli fuqaroning ishini ko‘rib chiqdi. 2023-yil iyul oyida T.A. ismli fuqaro Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzib, unga oyiga 450 ming rubl...

Internetdagi qiz Peterburgda ikki o‘zbekistonlik mushtlashuviga sababchi bo‘ldi

Peterburgda politsiya o‘zbekistonlik migrantni qo‘lga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan o‘zbekistonlik shaharning Krasnogvardeyskiy tumanidagi qurilish maydonida hamyurtlaridan birini jarohatlagan. Bu haqda 5-dekabr kuni Peterburg shahri IIV boshqarmasu xabar berdi. O‘tgan tunda politsiyaga shifoxonadan 17 yoshli yigitning turli jarohatlar bilan olib kelingani haqida xabar qilingan. Bola Malooxtinskiy prospektidagi 68-uydan shifoxonaga...

Chelyabinskda ikki guruh mushtlashdi: yana migrant aybdormi?

8-noyabr kuni Chelyabinskda keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan mojaro sodir bo‘ldi. “Russkaya obshina” a’zolari va Teplotexnika instituti yaqinida ikki guruh o‘rtasidagi to‘qnashuv mahalliy va federal tuzilmalar e’tiborini tortdi. Voqea Teplotexnika instituti hududida o‘smirlar o‘rtasida yuzaga kelgan og‘zaki janjaldan boshlangan. Bir necha daqiqadan so‘ng shu joyda to‘plangan ikkala guruh vakillari...

O‘zbekistonlik ayol 6 farzandini tashlab, erining ortidan urushga ketdi

Shot telegram kanalida e’lon qilingan videolavhada Hulkar Oydinova erining ortidan urushga borishi kerakligini marhum qaynonasi tushida aytganini ta’kidladi. Hulkarning eri ham O‘zbekistondan, u 2022-yildan beri urushda. Vladivostokdan ixtiyoriy ravishda «SVO»ga jo‘nab ketgan. Bir yarim oy o‘tib, Hulkar olti farzandini (ulardan kenjasi o‘shanda 8 oylik edi) va o‘z biznesini qoldirib,...

“Marshrutka”dagi to‘polon yosh bolalarni qo‘rqitib yubordi

Tula shahridagi “marshrutka”lardan biri migrant va ko‘rinishidan rossiyalik yigit o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan. Telegramm  kanalining yozishicha, ulardan biri haydovchidan qaytimini olib bervorishni so‘ragan. Ikkinchisi bunga majbur emasligini aytgan. O‘rtada kelib chiqqan mushtlashuvdan transportda kelayotgan ayollar va bolalar qo‘rqib ketgani aytilmoqda. Natijada qo‘rqib ketgan yosh bolali onalar jamoat transportidan tushishga majbur...

Yollanma askar bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sud 51 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Alisher Xoliqovni Rossiya tomonidan Ukraina hududida olib borilayotgan harbiy harakatlarda qatnashgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sudlanuvchining aytishicha, advokat unga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishni taklif qilgan. 51 yoshli o‘zbekistonlik drondan tashlangan snaryad portlashi natijasida jarohat olgan, deb yozadi “Gazeta.uz” nashri. Farg‘ona...

Rossiya va Shimoliy Koreya hamkorligidan taraflar qanday manfaat topadi?

O‘q-dori yetkazish va Rossiya-Ukraina urushiga qo‘shin yuborish evaziga Shimoliy Koreya Rossiyadan yiliga 600−700 tonna guruch va kosmik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini oladi, deb yozgan “Korea Herald” gazetasi. Shuningdek, Koreya yarim orolidagi ehtimoliy urushda Moskva Pxenyanga yordam berishi mumkin. “Korea Herald” gazetasi Janubiy Koreyaning Rossiyadagi sobiq elchisining so‘zlariga tayanib, o‘q-dorilar yetkazib...

Migrantlar Rossiya armiyasida xizmat qilish haqidagi targ‘ibot varaqalariga imzo chekishga majburlanmoqda

Migrant.uz tahririyatiga 4 yildan buyon Moskvada qonuniy ishlab kelayotgan muhojir murojaat qildi. O‘zbekistonlik Sh.K.ning so‘zlariga ko‘ra, u metrodan chiqishda politsiyachilar tomonidan mutlaqo asossiz to‘xtatilgan. To‘xtagach, hujjatlarini ko‘rsatgan. Uni avval patenti kuyganlikda, keyin migratsion qayd (registratsiya) muddati tugaganida, so‘ng metro haqini to‘lamaganlikda ayblashgan. Natijada o‘zbekistonlik muhojirni pora berishga majburlashgan. –...

Rossiya 90 dan ortiq hindistonliklarni aldab Ukrainadagi jangga yuborgan

«Дождь» telekanali Hindiston parlamenti a’zosi Vikramjit Singx Sahnaibga tayanib bergan xabariga ko‘ra, 90 dan ortiq hindistonlik Ukrainada Rossiya tomonida jang qilish uchun aldanib qolgan, ulardan kamida sakkiz nafari halok bo‘lgan va ularning jasadlari hali ham o‘z vatanlariga qaytarilmagan. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bilan urushda qolgan Hindiston fuqarolarining aksariyati ish...

Rossiyada migrantlar qurolli kuchlarida xizmat qilish haqidagi ma’lumotnomaga majburan qo‘l qo‘ydirilmoqda

Ma’lumotnoma nazariy jihatdan muhojirni hech narsaga majburlamaydi. Ya’ni urushga olib ketish haqida gap-so‘z yo‘q. Biroq masalaning boshqa tarafi bor – targ‘ibot. Muhojirlarga Rossiya qurolli kuchlarida xizmat qilish haqidagi hujjat turli joylarda berilmoqda – politsiya bo‘limida, tergov qo‘mitasida, migrantlarni vaqtincha saqlash markazlarida, patent rasmiylashtiriladigan migratsiya markazlarida, hujjat rasmiylashtiradigan pasport-viza servislarida,...
«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya