O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli jinoyatchilarning millatiga urg‘u bermaslikka chaqirdi

O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli Yusuf Qobuljonov Primorye OAVlarida jinoyatchilarning millatiga urg‘u berilishidan norozilik bildirdi. U jurnalistlarni qonunbuzarlarning millatini emas, balki fuqaroligini ko‘rsatishga chaqirdi, deb yozadi «Mk.ru Vladivostok» nashri. Internetda namoyish qilingan videoda Yusuf Qobuljonov Rossiyada o‘zbeklar tomonidan sodir etilgan ko‘plab jinoyatlar aslida boshqa davlatlar fuqarolari tomonidan sodir etilishini, biroq...
