
Tailandning Pattaya shahri politsiyasi Interpol tomonidan odam savdosi uchun qidirilayotgan 22 yoshli O’zbekiston fuqarosini hibsga oldi.
Immigratsiya politsiyasi viza olish uchun murojaat qilgan chet elliklarni tekshirayotganda, ayol Tailandda 112 kundan ortiq vaqt qolganini aniqladi. Keyingi tergov natijalariga ko’ra, u Interpolning «qizil ro’yxatida», ya’ni og’ir jinoyatlar uchun qidirilayotgani ma’lum bo‘ldi. U Tailandga kirganidan so‘ng qidiruvga berilgan.
Tergovchilarning so’zlariga ko’ra, u O’zbekistonda yosh ayollarni aldov yo‘li bilan Tailandga olib kelgan jinoiy guruh a’zosi bo’lgan. Ayollarga Bangkok va Pattayada yaxshi ish joylari va’da qilingan va Tailandga borishga ko’ndirilgan.
Kelgan o‘zbekistonlik ayollarning pasportlari olib qo’yilgan. Keyin ulardan hujjatlarini qaytarish va ozod bo‘lish uchun 5000 dollar to’lash so’ralgan. Bu qarzni «to’lash» uchun jabrlanuvchilar fohishalikka majburlangan.
Politsiya uning shaxsini bilgach, uni vizasini yangilash uchun immigratsiya idorasiga taklif qilishgan. U yetib kelganida darhol hibsga olingan.
Dastlab u viza muddatini uzaytirishda ayblangan edi, endi esa O’zbekistonga ekstraditsiya qilinishi rejalashtirilgan, u yerda u odam savdosi ayblovlari bilan sudlanadi.
Bu birinchi bunday holat emas. Bir necha kun oldin, Interpol tomonidan qidiruvda bo’lgan Qozog’iston fuqarosi Tailandda firibgarlik uchun hibsga olingan edi.