1 052 26/09/2025

2026-yildan boshlab Tataristonda chet el fuqarolari uchun ishlash uchun ruxsatnoma narxi 8 foizga oshib, 7900 rublga yetadi.

Chet ellik ishchilar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (НДФЛ) bo‘yicha qat’iy belgilangan avans to‘lovlarining hududiy koeffisiyenti 2,55 etib belgilandi. Ushbu koeffisiyent ruxsatnomaning yakuniy narxini belgilaydi. Natijada joriy yilga nisbatan summa 622,6 rublga oshadi. Tegishli qonun bugun Tatariston Respublikasi Davlat kengashi tomonidan tasdiqlandi.

Tatariston mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Elmira Zaripovaning so‘zlariga ko‘ra, koeffisiyent migrantlarning rejalashtirilgan o‘rtacha oylik ish haqining 13 foizlik daromad solig‘i asosida hisoblab chiqiladi, bu 2026-yilda 61 ming rublni tashkil etadi. Uning ta’kidlashicha, bu byudjet daromadlarini ko‘paytirishi va chet ellik ishchilar ish haqi miqdorini kamaytirishi mumkin.

2023-yilda patentning narxi 6800 rublni tashkil etgan edi. O‘sha yil oxiriga kelib viloyat byudjetiga migrantlardan 2 milliard rubldan ortiq soliq tushdi. 2024-yilning sakkiz oyi davomida bu miqdor 1,7 milliard rublga yetdi, yil oxiriga kelib esa rasmiylar bu ko‘rsatkich 2,3 milliardga yetishini taxmin qilmoqda.

Joriy yilning 1-iyun holatiga ko‘ra Tataristonda patent bo‘yicha ishlayotgan 38 ming xorijiy fuqaro ro‘yxatga olingan.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya