362 11/08/2025

Joriy yilda Tatariston 89 mamlakatdan 11,7 ming mehnat muhojirini jalb qilishni rejalashtirmoqda, bu 2024-yil oxirida kutilganidan 25 foizga ko‘pdir. Respublika Mehnat vazirligining buyrug‘i shundan dalolat beradi.

Eng katta kvota – 1200 kishi elektrchilar, payvandchilar, montajchilar, betonchilar va bo’yoqchilarni qidirayotgan Yamata qurilish kompaniyasiga ajratildi. Kvotalar sonining oshishi SIBUR pudratchisi Tataristonda yangi loyiha ustida ishlayotgani bilan bog‘liq.

Alabuga va KAMAZ kabi yirik korxonalar uchun hech qanday o’zgarishlar rejalashtirilmagan: Alabuga bir xil ko’rsatkich bilan qolmoqda – 77 mamlakatdan 8400 muhojir; KAMAZ – Turkmanistondan 200 ishchi oladi.

Bundan tashqari, joriy statistik ma’lumotlar Tataristonda deyarli 50 ming mehnat muhojirlari ishlayotganini ko’rsatadi – bu mintaqadagi umumiy bandlikning taxminan 2,4 foizini tashkil qiladi.

Mehnat vaziri Elmira Zaripovaning aytishicha, muhojirlarning 50 foizdan ortigʻi Oʻzbekiston fuqarolari. Shuningdek, ular orasida har beshinchi ishchi Tojikistondan kelgan.

Ya’ni, bugun Tataristonda o‘n minglab o‘zbeklar mehnat qilmoqda. Shu tariqa, “Alabuga” korxonasida 1150 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi ishlaydi, yana 10 ming nafar mutaxassis kvota bo‘yicha ishga olinishi kutilmoqda.

 

«Amina» dasturi, registratsiya, reyestr, patent, «zapret» va «vidvoreniye» haqida suhbat

Navigatsiya