
Rossiya Mehnat vazirligi mamlakatning önta hududida, jumladan, Tatarstonda ham çet elliklarning işlaşini çeklaşni rejalaştirmoqda. Vazirlik moliya, suğurta, veterinariya, taksi va qöriqlaş xizmati kabi sohalarda xorijlik işçilar uluşini nolga tuşirişni taklif qilmoqda.
Şuningdek, bu çeklovlar kompyuter texnikasini ta’mirlaş, xavfli yuklarni taşiş, şaxsiy buyumlarni ta’mirlaş va xöjalik-maişiy xizmatlarga ham taalluqli böladi.
Tatarstondan taşqari, yangi qoidalar Kaluga, Sverdlovsk, Volgograd, Novosibirsk, Tula va Orenburg viloyatlari, şuningdek, Krasnodar ölkasi, Mordoviya va Çuvaşiyaga ham ta’sir qilişi mumkin.
Eslatib ötiş joizki, hozirda federal darajada migrantlarni dorixonalarda, bozorlarda, statsionar bölmagan savdo şoxobçalarida va köça savdosida işlatiş taqiqlangan. Bundan taşqari, xorijlik işçilarga alkogol va tamaki mahsulotlari sotiladigan ixtisoslaşgan dökonlarda işlaş mumkin emas.