
Tataristonning Zelenodolsk shahrida politsiya giyohvand moddalarni «zakladka» qilib sotgan ikki migrantni hibsga oldi. Ular 24 va 28 yoshli O‘zbekiston fuqarolari ekan. Qozonda yashagan migrantlar bu «ishni» internetda topishganini aytgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, erkaklar tumanda 15 dan ortiq joyda giyohvand moddalar saqlagan. Barcha saqlanmalar topilgan va musodara qilingan. Ularga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va ularning har biri 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Politsiya ta’kidlashicha, migrantlar Telegram va «oson pul» taklif qiluvchi veb-saytlar orqali tobora ko‘proq bunday sxemalarga jalb qilinmoqda. Tez va oson pul topish orzusi ko‘pincha qamoq jazosi hamda deportatsiyaga olib keladi.
Shu joyda migrantlarni ogohlantirimizki, agar sizga giyohvand moddalarni yashirish, posilkalarni yetkazib berish, joylarni yashirish yoki «hujjatsiz kuryer bo‘lib ishlash» kabi «yarim kunlik ish» taklif qilinsa, bu deyarli ko‘pincha giyohvand moddalar savdosiga aloqador bo‘ladi. Rossiyada bunday faoliyat uchun 10 yildan 20 yilgacha uzoq muddatli qamoq jazolari belgilangan. Hech qanday pul bunga arzimaydi. Bu panjara ortiga olib boradigan eng qisqa yo‘ldir.