
5-sentyabr kuni Tatariston Respublikasining Zainsk tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. “Набережные Челны – Альметьевск” trassasining 38-kilometrida “Daewoo Nexia” va “MAN” yuk mashinasi to‘qnashdi.
O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu fojia oqibatida 1990-yilda tug‘ilgan K.M.K., 1992-yilda tug‘ilgan K.P.K. hamda 1995-yilda tug‘ilgan S.S.S. voqea joyida vafot etgan.
Bosh konsulxona holatni nazoratga olgan. Marhumlarning jasadlari qisqa muddat ichida Migratsiya agentligi hisobidan Vatanga yuborilishi rejalashtirilgan, hozirda shu bilan bog‘liq rasmiy jarayonlar yakuniy bosqichda.
Bosh konsulxona marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor qildi va barcha fuqarolarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.