
Tatarstonda politsiya va FSB chet el fuqarolari uchun hujjatlarni noqonuniy rasmiylashtirish bilan shugʻullangan bir guruh odamlarni qoʻlga oldi. Firibgarlar soxta «registratsiya» shartnomalari va ishga qabul qilish haqida qalbaki hujjatlar tayyorlashgan.
Bu sxemani qoʻshni mamlakatlaridan birining fuqarolari boʻlgan ayollar tashkil etgan. Ular mijozlarni ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar orqali izlagan. Shuningdek, guruh tarkibiga ilgari sudlangan Rossiya fuqarolari ham kirgan. Bu shaxslar migrantlarni «rezina kvartiralar»ga roʻyxatga qoʻygan va ular bilan soxta mehnat shartnomalarini rasmiylashtirishgan.
Bunday noqonuniy sxema ikki yil davomida faoliyat koʻrsatgan. Bu vaqt ichida ular 2700 dan ortiq migrantni qonuniylashtirishgan.
Politsiya xodimlari Rosgvardiya jangchilari bilan birgalikda tintuvlar oʻtkazganda soxta hujjat blankalari va deyarli ikki million rubl miqdoridagi naqd pullar musodara qilindi.
Tergov organlari Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285 va 322.1 moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatgan. Ishning besh nafar figurantiga nisbatan sud allaqachon uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi. Hozirda politsiyachilar ushbu jinoyatning barcha qolgan sheriklarini aniqlamoqda.