Maqola

713 21/07/2025

2024-yil mart oyida “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan keyin Rossiya hukumati chegarada tekshiruvlarni kuchaytirdi. Endi Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarning telefonlarida radikal kanallarga obuna bo‘lgani yoki Rossiya rasmiylarini tanqid qiluvchi yozishmalari borligi aniqlansa, ularning mamlakatga kirishi taqiqlanishi mumkin.

TASS axborot agentligi Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolarining shu sababdan Rossiyaga kirishiga ruxsat berilmagan 20 dan ortiq holatni o‘rganib chiqdi.

Jumladan, Dilshod ismli Tojikiston fuqarosining telefonida Rossiyada taqiqlangan radikal diniy yetakchilarning ma’ruzalari bo‘lgan kanallar bo‘lgani uchun unga kirishga ruxsat berilmagan. Bundan tashqari, u Rossiyaga qarshi mazmundagi xabarlarni tomosha qilgan.

O‘zbekistonlik yana bir shaxs Akmaljonga ham kirishga ruxsat berilmagan — uning yonida Rossiyada taqiqlangan videolar va diniy bloggerlarning materiallari borligi aniqlangan. Chegarachilar uning ekstremizmga haddan tashqari qiziqishi bor, demak u xavfsizlikka tahdid solishi mumkin, degan qarorga kelgan.

Shuningdek, Ukraina kanallariga obuna bo‘lgan, Rossiya maxsus xizmatlarini tanqid qiluvchi yozishmalari bo‘lgan, Ukraina armiyasi va SBU harakatlariga oid videolarni tomosha qilganlarga ham kirish man etilmoqda.

Ayrim migrantlar messenjerlardan yozishmalarini oldindan o‘chirib tashlashga harakat qilishgan, biroq bu yordam bermagan — mutaxassislar o‘chirilgan ma’lumotlarni qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan.

20 dan ortiq kishi Rossiyaga ishlash yoki qarindoshlarinikiga borish uchun ketayotganini aytib, kirishni taqiqlash qarorlari ustidan shikoyat qilgan. Biroq Rossiya sudlari chegarachilarning qarorlarini o‘z kuchida qoldirdi.

Shuni bilingki, ular nafaqat hujjatlarni, balki telefonlar tarkibini ham tekshiradilar.

Radikal kanallar, ekstremistik va’zlar va Rossiyaga qarshi ma’lumotlar kirishni rad etish uchun sababdir.

Agar biror kishi ilgari Rossiyada bo‘lgan bo‘lsa ham, qayta kirolmasligi mumkin.

Rad etish to‘g‘risidagi sud qarorlari ko‘pincha o‘zgarishsiz qoladi.

Migrantlar uchun maslahatlar:
Rossiyaga sayohat qilishdan oldin telefonlar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarni diqqat bilan tekshiring. Shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hamma narsani o‘chirib tashlang – hatto eski yozishmalar yoki keraksiz obunalar ham. Rossiya Federatsiyasida ekstremistik deb topilishi mumkin bo‘lgan materiallarni ochmang yoki tarqatmang.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya