Maqola

3 301 16/04/2026

Rossiyada chegaradan o‘tishda yangi tartiblar joriy etildi. Endi chegarachilar fuqarolarning shaxsiy qurilmalarini — telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirishi mumkin.

Chegara xizmati bu huquq mavjudligini rasman tasdiqladi. Endilikda nazorat nafaqat yuk va transport vositalariga, balki shaxsiy buyumlarga ham tatbiq etiladi.

Mazkur choralar ekstremizm va kontrabandaning oldini olishga qaratilgan deb aytilmoqda. Ayniqsa, telefon va boshqa elektron qurilmalarga alohida e’tibor beriladi, chunki ularda turli ma’lumotlar saqlanishi mumkin.

Qurilmani tekshiruv uchun bermaslik yoki uni ochib ko‘rsatishni rad etish qonuniy talabga bo‘ysunmaslik deb baholanadi. Bunday holatda fuqaro ushlab turilishi va ish sudga yuborilishi mumkin.

Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18.7-моддасига ko‘ra, bunday qoidabuzarlik uchun 5 000 dan 7 000 rublgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi belgilangan.

Mutaxassislar chegaradan o‘tayotganda ushbu qoidalarga rioya qilishni tavsiya qilmoqda. Chunki qonun talablariga amal qilmaslik jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya