146 25/08/2024

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Ozarbayjondan Fransiyaga uchib kelganida Le-Burje aeroportida hibsga olingan. U bilan birga soqchisi va noma’lum ayol ham bo‘lgan.

Durov Telegramdagi kontentni moderatsiya qilishdan bosh tortgani uchun og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda. TF1 telekanali Durov ayblanayotgan jinoyatlar orasida terrorizm, giyohvand moddalar savdosi, noqonuniy ravishda pullarni yuvish va boshqalarni sanab o‘tgan.

Durovning Fransiya fuqaroligi bor, lekin so‘nggi vaqtlarda u hibsga olinishi mumkinligini taxmin qilgani uchun Yevropaga safar qilmay turgan edi, deb xabar berilmoqda

Bugun fransuz nashrlarining yozishicha, Durov tergov sudyasi oldiga keltiriladi. Tadbirkor qamoqqa olinishi ehtimoli baland.

Durovning hibsga olinishi tufayli messenjerda foydalaniladigan TON kriptovalyutasining kursi tushib ketmoqda, ayni vaqtda TON kursi 14 foizga arzonlagan.

“Meduza” nashri Telegram messenjerining vitse-prezidenti Ilya Perekopskiydan izoh so‘ragani, biroq hozircha hech qanday javob olmaganini yozmoqda.

Durovga mazkur ayblovlar tufayli 20 yil qamoq jazosi berilishi mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya