Maqola

615 22/11/2024

Moskvada kichik telegram-kanal ma’muri ekstremistik ramzlarni namoyish qilganlik uchun hibsga olindi. 23 yoshli Komiljon Z. telegramda «Qo‘shnilar uchun vibrokolonka» nomli kanal ochgan edi. A.S. Andriyanov ismli shaxs uning memlari ustidan shikoyat qilgan. Shikoyatdan so‘ng Komiljon qo‘lga olinib javobgarlikka tortildi. Kanalning obunachilari 100 nafardan sal ko‘proq bo‘lgan. Shikoyatga sabab bo‘lgan memlar esa svastika va «qora quyosh» bilan bog‘liq yoki ularga o‘xshash edi, deya xabar bermoqda «Осторожно, Новости» telegram kanali.

Kontent bo‘yicha berilgan shikoyatdan so‘ng Moskva shahri prokuraturasi va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha Federal xavfsizlik xizmati markazi kanalga e’tibor qaratgan. Natijada, Komiljonga politsiya xodimlari kelib, natsist ramzlarni namoyish qilganlik uchun 13 ta ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Yigit sudda aybini tan olgan.

Har bir bayonnoma bo‘yicha unga 7 kunlik hibs jazosi tayinlangan, lekin muddatlar o‘zaro qo‘shilmasligi sababli, Komiljon bir haftani hibsda o‘tkazishi va udan so‘ng ozodlikka chiqishi kutilmoqda. Hibsga olinganidan keyin Komiljon kanalidan deyarli barcha kontentlarni o‘chirib, hattoki kanalning asosiy suratini Minecraft o‘yinidagi o‘t suratiga almashtirganiga qaramay, sud avval joylashtirilgan materiallarni jazo berish uchun yetarli deb hisoblagan.

Ushbu holatni inobatga olib, Rossiyadagi migrantlar va barcha internet foydalanuvchilari uchun muhim ma’lumotni eslatish joiz. Svastika va boshqa natsist ramzlarni joylashtirish yoki ulardan foydalanish Rossiya qonunchiligi bo‘yicha qat’iy taqiqlangan. Hatto yumor yoki memlar kontekstida ham bunday kontent ekstremistik ramzlarni namoyish qilish sifatida baholanishi va hibsga olinish, katta jarimalar yoki deportatsiya bilan yakunlanishi mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya