Bu haqda Pavel Durov o’z kanalida xabar berdi. Uning so’zlariga ko’ra, messenjer jamoasi xizmat ko’rsatish shartlari va maxfiylik siyosatini yangilagan.
“Qoidalarimizni buzganlarning IP-manzillari va telefon raqamlari asosli yuridik so’rovlarga javoban tegishli organlarga oshkor qilinishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Durov, shuningdek, qidiruv funksiyasi orqali topilgan “muammoli” content moderatorlar tomonidan bloklanganini, “xavfli va noqonuniy” content ustidan shikoyat uchun maxsus bot ishga tushganini e’lon qildi.
“Bu choralar jinoyatchilarda hadik uyg’otishi kerak. “Telegram Search” do’stlarni va yangiliklarni topish uchun mo’ljallangan, noqonuniy mahsulotlarni targ’ib qilish uchun emas”, — deb ta’kidlaydi tadbirkor.